Aripov Abduxamid Onalbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Urug‘-tuproq-o‘simlik» tizimida cho‘l-ozuqabop ekinlarini ul`trabinafsha nur bilan ta’sir etish qurilmasi parametrlari va texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2395
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Ashiraf, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent Irrigatsiya Va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muxandislari Instituti” Milliy Tadqiqotlar Universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi. DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muzafarov Shavkat Mansurovich texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Olimjon Tursunbaevich texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Agrar Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qorako‘l yaylov va pichanzorlarini yaxshilash (o‘zlashtirish) hamda urug‘chilik, xususan saksovul va prutnyak (izen) etishtiradigan dalalarni yaratish uchun yarim cho‘l va cho‘l ozuqabop o‘simlik urug‘ va xashaklar xosildorligini ul`trabinafsha nur ta’sirida oshirish maqsadida, elektr avjlantirish uskunasi turini tanlash va parametrlarini xamda ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
cho‘l sharoitida ekiladigan tuproqqa, saksovul va izen urug‘lariga va ularning o‘sib rivojlanayotgan o‘simliklariga ul`trabinafsha nurlar bilan bosqichma-bosqich ta’sir etib avjlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
cho‘l o‘simliklari urug‘lariga ul`trabinafsha nurlar bilan ishlov berish uchun statsionar, unib chiqqan nihollar va o‘simliklarga vegetatsiya davrida ishlov berish uchun esa traktor bilan agregatlanib mobil rejimga o‘tish imkoniga ega elektravjlantirgich qurilma ishlab chiqilgan;
ul`trabinafsha nur bilan avjlantirishda quvvat rejimi va urug‘larni nurlantirish ekspozisiyasiga bog‘liq holda nihollarning unib chiqish to‘liqligi va o‘simliklarning chidamliligining oshishi asoslangan;
ul`trabinafsha nur bilan ishlov berishda nurlantiruvchi lampaning 60 W quvvatida urug‘larga 10 min davomida ishlov berilganda urug‘lardan nihollarning unib chiqishi va o‘simliklarning chidamliligi (88,57 %) yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Urug‘-tuproq-o‘simlik» tizimida cho‘l ozuqabop ekinlarini ul`trabinafsha nur bilan ta’sir etish qurilmasi parametrlari va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
cho‘l yaylovlari tuprog‘i, o‘simliklar urug‘i va unib chiqqan nihollariga ul`trabinafsha nur bilan ishlov beradigan qurilmaga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Tuproqqa ishlov beruvchi ekish agregati», № IAP 04572-2009 y.). Natijada cho‘l yaylovlarini yaxshilash uchun tuproqqa ishlov berish va ekish bilan birga ularga ul`trabinafsha nur bilan ishlov berib ketadigan qurilmani ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ul`trabinafsha nur bilan ishlov berish elektrotexnologiyasi va uni amalga oshiradigan qurilma Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Buxoro viloyatlarining o‘rmonchilik va qorako‘lchilik xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 25 noyabrdagi 02/023-4808-ma’lumotnomasi). Natijada saksovul va izen urug‘larining hosildorligini mos ravishda 5 va 8 martaga oshirishga erishilgan;
ul`trabinafsha nur bilan nurlantirgich qurilmani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriqlar, texnik shartlar va chizmalari) «BMKB-Agromash» AJda ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilingan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 25 noyabrdagi 02/023-4808-ma’lumotnomasi). Natijada cho‘l yaylovlarida o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi va o‘simliklardan sifatli urug‘ olish uchun ularga ul`trabinafsha nur bilan ishlov beradigan energiya-resurstejamkor va ekologik zararsiz qurilmani ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.