Usmonov Shuxratjon Kamoljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Arrali jinning ishchi kamerasi ko‘tarish-tushirish qurilmasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.3.PhD/T1140. 
Ilmiy rahbar: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arrali jinning ishchi kamerasini ko‘tarish-tushirish qurilmasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash orqali mashinaning ishlash samaradorligini oshirish, unda ishlayotgan operator ish sharoitini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
arrali jinning ishchi kamerasini ko‘tarish-tushirish jarayonida videotasvirlarni dasturlash vositalarida qayta ishlash orqali uning harakat tenglamasini keltirib chiqarish uchun stend va tajriba usuli ishlab chiqilgan;
arrali jin ishchi kamerasini ko‘tarish uchun etarli bo‘ladigan kuchning o‘zgarish dinamikasini aniqlash uchun Lagranjning II-tur tenglamasini qo‘llash orqali ishchi kamerani ko‘tarish jarayoni harakat qonuniyati aniqlangan;
to‘liq omilli tajribalar asosida arrali jin ishchi kamerasini ko‘tarish uchun etarli bo‘ladigan kuch (1,5 kN) ni hosil qilish uchun  pnevmotsilindr diametri va undagi siqilgan havo bosimining mos qiymatlari (d=60mm bo‘lganda p=0,41MPa; d=80 mm bo‘lganda p=0,31MPa; d=100 mm bo‘lganda p=0,25MPa ) aniqlangan;
xomashyo valigi zichligini optimal oralig‘i (I-nav paxtani ishlashda 320-325 kg/m3, III-nav paxtani ishlashda 290-295 kg/m3) dan ortib ketishini oldini olish maqsadida ishchi organlar ish muddatini uzaytirishga imkon beruvchi arrali silindri elektryuritkichidagi yuklanishga bog‘liq ravishda boshqariluvchi pnevmatik yuritmani qo‘llashga asoslangan ko‘tarish-tushirish qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arrali jin ishchi kamerasini ko‘tarish-tushirish qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi ishchi kamerani ko‘tarish-tushirish qurilmasi Namangan viloyatida joylashgan “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” AJ hamda “Kosonsoy paxta tozalash” AJ da joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlar uyushmasi” ning 2021 yil 28 iyuldagi 03/22-151-son ma’lumotnomasi). Natijada jinlash jarayonini avtomatlashtirish orqali jin mashinasining muqobil ishlashiga olib keluvchi, energiya sarfini 3 marta kamaytiruvchi ko‘tarish-tushirish qurilmasini yaratishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish