Zuxritdinov Alisher Faraxidin o‘g‘lining 
ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta xom ashyosini mayda iflosliklardan tozalagichning samarali qoziqli baraban konstruksiyasini va parametrlarini xisoblash metodlarini takomillashtirish”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1.1433.
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon Mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani mayda iflosliklardan tozalagichning silindrik va ko‘p qirrali kombinatsiyalashgan qoziqchalari bo‘lgan barabanni samarali konstruksiyasini ishlab chiqish kompleks nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida parametrlarini asoslash natijasida tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta bo‘lakchasining ko‘p qirrali kombinatsiyalashgan qoziqcha sirtidagi harakatini ifodalovchi tenglama asosida ko‘p qirrali qoziqcha sirtidagi harakat traektoriyasi va tavsiya parametrlari aniqlangan;
paxta bo‘lagini qoziqcha tekis sirtidagi xarakat traektoriyasi va vaqtini qoziqchaning qirralari soniga, qiyalik burachagiga hamda baraban aylanish chastotasiga bog‘liqlik qonuniyatlari olingan;
qoziqchali garnitura va baraban valini xarakat qonuniyatlari ifodalovchi matematik modul olingan, echimi asosida garnitura va baraban aylanma tebranishlari va chastotalarin o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
tajribaviy tadqiqotlar asosida qoziqli garnitura va baraban vali burchak tezliklari, burovchi momentlari, silindrik va ko‘p qirrali qoziqchalarga paxta bo‘laklari ta`sir kuchini o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangn va qiymatlari asoslangan;
tavsiya etilgan baraban qoziqli garniturasi va valdagi burchak tezliklar va burovchi momentlarni tozalagich ish unumiga bog‘liqlik grafiklari qurildi, unga ish unuming ortishi qoziqli garnitura va baraban valining tezliklari, qoziqni qonuniyat qiymatlari aniqlandi;
tavsiya etilgan qoziqli baraban qoziqchalaridan paxta bo‘lakchalarini chiqish vaqtini va ularga ta`sir kuchini baraban qoziqli garniturasi burchak tezligini o‘zgarishiga bog‘liq grafiklari olindi. tavsiya etilgan tozalagichda tozalash samarasi yuqori bo‘lishi uchun φ ̇_ϩ qiymatlari  (50,0÷55)s-1 oralig‘ida olish tavsiya etiladi. Bunda tq=(4,0÷5,0)s-1 dan ko‘proq bo‘lishi ta`minlanadi;
qoziqchalarga paxta bo‘lagini ta`sir kuchini yuqoriligini ta`minlash uchun φ ̇_ϩ≥(50÷55) s^(-1) oralig‘ida bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Bunda paxtaga qoziqchalarni ta`sir kuchi siklik ravishda 0,48∙ 10 N va 0,58∙ 10 N ketma-ket o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida mayda chiqindilardan ajralishini intensivlashtiradi;paxta bo‘lagining ko‘p qirrali kombinatsiyalashga qoziqli barabanga ta’sir burchagi va ko‘p qirrali kombinatsiyalashgan qoziqli barabanga zarbali ta’siridagi tezligi tenglamalari asosida paramertlarning tavsiya qiymatlari aniqlangan;
tajribaviy tadqiqotlar natijalari asosida paxtani mayda ifloslik-lardan tozalash samaradorligiga qoziqchalar va qoziqcha qirralari soni, qoziqchalar va to‘rli yuza orasidagi masofaning ta’siri aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani mayda iflosliklardan tozalash agregatlarining qoziqli barabanlarining samarali konstruksiyasini yaratish va tozalash qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoziqli barabanning samarali konstruksiyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan  tozalash qurilmasi «Alyortex» MChJ klasteriga qarashli tizimidagi «So‘fiqishloq paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zbekiston Paxta-To‘qimachilik klasterlari uyushmasi» ning 2021 yil 19 noyabr`dagi 03/22-303 sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash agregatining tozalash samaradorligini 7,5 % ga oshgani xisobiga yiliga 1 200 033 ming so‘m iqtisodiy samara olingan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 11 ta ilmiy-texnik konferensiyalarda, shu jumladan 4 ta xalqaro va 7 ta Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
V. Ixtiro patenti. O‘zbekiston Respublikasining «Tolali materiallar tozalagichining titish barabani » nomli ixtiro patentiga (№ IAP06460, 2021 y.)  O‘zbekistalon   Respublikasi Intellektual mulk  agentligining 2021 yil 4-son xulosasi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish