Farmanova Nodira Taxirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy dorivor o‘simliklar xomashyosi asosida biologik faol qo‘shimchalar nomenklaturasini kengaytirish uchun ilmiy-metodik yondashuvni ishlab chiqish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/K117.
Ilmiy maslahatchi: Pulatova Lola Tairxanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar To‘xtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Qutlimurotova Nigora Xakimovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Mel`nikova Ol`ga Aleksandrovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘t haydovchi, gipoglikemik va diuretik ta’sirga ega yangi biologik faol qo‘shimchalar texnologiyasini ularning kimyoviy tarkibini aniqlash asosida ilmiy-metodik yondashuvini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
peshob yo‘llari va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari uchun tavsiya etilgan «Urologik yig‘ma», «Nefrolitik yig‘ma», «Gipoglikemik yig‘ma» va «Avena-uz» biologik faol qo‘shimchalarning ratsional kompozisiyalari tarkibi ilmiy asoslangan va ishlab chiqilgan;
makro- va mikroskopik tadqiqotlar asosida fitoyig‘malarning o‘ziga xos diagnostik ahamiyali belgilari belgilandi hamda sonli ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor biologik faol qo‘shimchalar va ular asosidagi quruq ekstraktlarning ta’sir etuvchi moddalarining kimyoviy tabiati va miqdori aniqlangan;
fitokompozisiyalardan quruq ekstraktlar olish texnologiyalari ishlab chiqildi va ekstraksiya sharoitlarining haroratga, xomashyoning maydalanish darajasiga, ekstragentning turiga, xomashyo va ekstragentning nisbatiga bog‘liqligi aniqlangan;
fitokompozisiyalar quruq ekstraktlarining sifat ko‘rsatkichlari va saqlanish muddatlari belgilangan;
biologik faol qo‘shimchalar va ular asosidagi quruq ekstraktlarning zararsizligi va farmakologik faolligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biologik faol qo‘shimchalar va ular asosida quruq ekstraktlar turlarini kengaytirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Avena-uz» biologik faol qo‘shimcha xomashyosi uchun «Novo farm komplekt» MChJ xodimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaqtincha farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (VFM 42 Uz-4274-2021, ro‘yxatdan o‘tkazish raqami DV/M 037984/21). Ushbu tasdiqlangan hujjat xomashyoni ishlab chiqish va sifat nazorati qilish imkonini beradi;
«Avena-uz» biologik faol qo‘shimchasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tamonidan tasdiqlangan (TS 23650019-003-2020). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
«Avena-uz» biologik faol qo‘shimchasining texnologik yo‘riqnomasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tasdiqlangan (TI 23650019-003-2020). Natijada, «Halsica» xususiy korxonasida kapsula shaklidagi «Avena-uz» BFQni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan va tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar biologik faol qo‘shimchalarni nomenklaturasini kengaytirish imkonini bergan;
mahsulotlarni sifatini nazorati va xalqaro standartlarni qo‘llashga doir ma’lumotlar va xulosalar asosida «Tovarlar sifatini nazorat qilish va xalqaro standartlarni qo‘llash» o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va Bojxona instituti o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-buyrug‘i, nashr ruxsatnomasi, №110-334). Natijada, mahsulotlarni davriy sifatini nazorat qilish va sertifikatlashga hizmat qilgan.