Yakovenko Aleksey Alekseevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolari va istiqbollari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu66.
Ilmiy rahbar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonkulova Nilufar Xodji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori, professor; Yakubov Axtam Nusratilloevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish va elektron tijorat ishtirokchilarining ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq huquqlarini himoya qilish maqsadida ushbu sohada milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni yuritishning huquqiy muammolarini tahlil qilish asosida ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs axborot vositachisi ekanligi asoslantirilgan;
elektron tijoratda shartnoma elektron hujjat tarzida va elektron xabar tarzida akseptni amalga oshirish yo‘li bilan tuzilishi mumkinligi, shuningdek, ofertani yuborgan elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan ofertaning aksepti olingan paytdan e’tiboran tuzilgan deb e’tirof etilishi asoslantirilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan mijozlarni masofadan aniqlash tizimlarini joriy etish orqali masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi asoslantirilgan;
tovarlar va xizmatlar, bitimlar tuzish ularning narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron tijorat platformalariga majburiy tartibda joylashtirilishi zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolari va istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs axborot vositachisi ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 22 maydagi «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘RQ-385-son Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunining 12-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2021 yil 19 martdagi 02/5-321-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi axborot vositachilariga aloqador sub’ektlarning to‘liq ro‘yxatini yaratish va ushbu tushunchaning elektron tijoratdagi boshqa biznes operatorlardan ajratishga xizmat qilgan;
elektron tijoratda shartnoma elektron hujjat tarzida va elektron xabar tarzida akseptni amalga oshirish yo‘li bilan tuzilishi mumkinligi, shuningdek, ofertani yuborgan elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan ofertaning aksepti olingan paytdan e’tiboran tuzilgan deb e’tirof etilishi haqidagi taklif «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘RQ-385-son Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunining 15-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2021 yil 19 martdagi 02/5-321-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi elektron bitimlar tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini yanada batafsilroq aniqlashtirishga va shu orqali nizo yuzaga kelganda ishtirokchilar o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarini bartaraf etishga xizmat qilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan mijozlarni masofadan aniqlash tizimlarini joriy etish orqali masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-6079-son Farmoni 1-Ilovasi 2.3-paragrifini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7 yanvardagi 32-8/670-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi boshqa sohalarda ham (xususan, notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qiladigan bitimlar) qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, ilgari foydalanilmagan jamiyat iqtisodiy hayotining segmentlarida elektron tijorat texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatini yaratgan va bitim bo‘yicha tomonni o‘rnatishda istiqbolli yondashuvni qo‘llash namunasi bo‘lib xizmat qilgan;
tovarlar va xizmatlar, bitimlar tuzish ularning narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron tijorat platformalariga majburiy tartibda joylashtirilishi kerakligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 noyabrdagi «Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi PQ-14-son Qarorining 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7 yanvardagi 32-8/670-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi dunyoda qo‘llaniladigan ijobiy amaliyotdan elektron iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishga xizmat qilgan.