Sayt test rejimida ishlamoqda

Tulyaganov Shuxrat Dil`shatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy gazni qayta ishlashdagi texnologik jarayonlarining boshqaruv tizimlarini intellektuallashtirish», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T.65.

Ilmiy rahbar: Nazarov Ulugbek Sultanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.

Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Adilov Farux Tulkinovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: “O‘zLITIneftgaz” AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gazni tayyorlash va qayta ishlashning texnologik rejimlarini optimallashtirish asosida texnologik jarayonlarning energiya samaradorligini takomillashtirish imkonini beruvchi texnologik jarayonlarni boshqarishni intellektuallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

radial-bazis funksiyalar asosida ko‘p qatlamli neyron tarmoqlar vaznining turg‘un baholanishini, approksimatsiyaning yuqori aniqligini ta’minlovchi aloqalarini hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;

turg‘un buzish usulining iteratsion sxemasi asosida va bashorat qilish xatoliklari usuli doirasida neyrotarmoq model tuzilmasining parametrlarini identifikatsiyalash algoritmlari ishlab chiqilgan;

dinamik fil`tratsiya usullari asosidagi rekurrent neyron tarmoqlarning o‘zgaruvchan holatlarini baholashning moslashuvchan algoritmlari ishlab chiqilgan;

zarur hisoblarni muvofiqligini ta’minlovchi variatsion tengsizliklarni echish usullari asosida ko‘p rejimli neyrotarmoqli boshqargichning turg‘un sintez algoritmlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tabiiy gazni qayta ishlash jarayonlarini texnologik boshqarishning matematik modeli, algoritmlari va «SCADA-Integrator» dasturiy majmualarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

gazni oltingugurtdan tozalash texnologik jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi Muborak GQIZga joriy qilingan («O‘zneftgazqazibchiqarish» AJning 2017 yil 24 yanvardagi  8/2-AK-67-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari texnologik jarayondagi asosiy parametrlarni optimallashtirishda ularni matematik modellar va algoritmlar yordamida oldindan bashorat qilish imkonini bergan;

«SCADA–Integrator» bazasidagi ARM «Texnolog-S» dasturi tabiiy gazni qayta ishlash jarayonini boshqarish, sex ob’ektlarining texnologik jarayonlari nazoratini olib borish, texnologik parametrlarni o‘lchash, real vaqt rejimida o‘lchanadigan texnologik parametrlarning ko‘rsatkichlarini saqlash ma’lumotlar serveri Muborak GQIZning 17-sexiga joriy qilingan («O‘zneftgazqazibchiqarish» AJning 2017 yil 24 yanvardagi  8/2-AK-67-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari texnologik jarayonlarni intellektuallashtirish hisobiga tozalangan gazni ishlab chiqarilishini 10 % ga oshirish, ishlab chiqarish sikli bo‘yicha energiya va resurslarni 5 % ga tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish