Nuralieva Dilnoza Samadullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqxonalarda bodringni so‘ruvchi hasharot zararkunandalardan himoya qilish tizimini takomillashtirish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Qx305.
Ilmiy rahbar: Yusupov Abdusalim Xolboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/03.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Xujaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Muxsimov Nurullo Pulatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari sharoitida issiqxonalarda bodring o‘simligini so‘ruvchi hasharot zararkunandalardan himoya qilish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari sharoitida issiqxonalarda uchraydigan so‘ruvchi hasharot zararkunandalarning tur tarkibi, tarqalishi, zarari, rivojlanish xususiyatlari va zararlilik darajasiga ko‘ra dominant turlari aniqlangan;
issiqxona sharoitida turli ekish (sxema) usullarida bodring hosildorligiga zarar keltiradigan so‘ruvchi hasharot zararkunandalarning ta’siri aniqlangan; 
agrobiotsenozda uchraydigan entomofaglar turlarini issiqxonalarda so‘ruvchi hasharot zararkunandalarga qarshi qo‘llashdagi biologik samaradorligi aniqlangan;
issiqxonalarda bodringni so‘ruvchi hasharot zararkunandalariga qarshi kurashda maqbul me’yor muddatlari aniqlanib, mikrobiologik vositalar hamda insektisidlar qo‘llanilgan va yuqori samaradorlikka erishilgan insektisidlar amaliyotga tavsiya etilgan;
bodringni so‘ruvchi xasharot zararkunandalariga qarshi kurashdagi xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari sharoitida issiqxonalarda bodring o‘simligini so‘ruvchi hasharot zararkunandalardan himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari asosida:
issiqxonalarda bodring o‘simligi oqqanotiga qarshi Mostar, 20% n.k. 0,2-0,3 kg/ga, Xen pin R, 20% em.k. 0,3-0,4 l/ga, Pick, 44% sus.k. 0,3-0,4 l/ga, Intermec 20% n.kuk. 0,2-0,3 kg/ga, Uspilan, 200 g.kg 0,2-0,3 kg/ga, Viospilan 20% n.kuk. 0,2-0,3 kg/ga, Appolon, 40% n.kuk. 0,4-0,5 kg/ga, Kreyser, 20% s.e.k. 0,1-0,2 l/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi “Lutfilla, Xamidulla Nig‘matilla” fermer xo‘jaligiga qarashli issiqxonada 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 02/025-743-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bodring oqqanotiga qarshi ushbu preparatlarni qo‘llash hisobiga 82,4-90,8% samaradorlikka erishilgan va hosilning nobud bo‘lishi 60-70 foizgacha kamayishiga erishilgan;
bodring o‘simligida tripsga qarshi Intermec 20% n.kuk. 0,2-0,3 kg/ga, Kreyser, 20% s.e.k. 0,1-0,2 l/ga, Alfamit, 40% n.k. 0,3-0,4 kg/ga, Polo, 50% sus.k. 0,5-1,0 l/ga, Diesel 4,9% k.e. 0,8-1,0 l/ga; mikrobiologik preparatlardan Bioslip BT, kuk. preparati (Bacillus thuriengiensis) 1,0-1,5 kg/ga va oqqanotga qarshi Bioslip PV suyuq (Beaveria bassiana) 2,5-3,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi Qibray tumanidagi “Shomurod o‘g‘li” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxonada 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 02/025-743-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oqqanot, shira, trips zararli organizmlar bilan zararlanishidan 40 kungacha himoya qilgan va 80,0-81,5 foiz biologik samaradorlikka erishilgan;
issiqxonada bodring o‘simligi oqqanotiga qarshi Viospilan 20% n.kuk. 0,2-0,3 kg/ga, Appolon, 40% n.kuk. 0,4-0,5 kg/ga, Kreyser, 20% s.e.k. 0,1-0,2 l/ga va shiraga Xen pin R, 20% n.kuk. 0,1-0,3 kg/ga, Viospilan 20% n.kuk. 0,2-0,3 kg/ga, Kreyser, 20% s.e.k. 0,1-0,2 l/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi “Qarshi issiqxona” xo‘jaligiga qarashli 5 gektar issiqxonada joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 02/025-743-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oqqanot va shiraga qarshi ushbu preparatlarni qo‘llash hisobiga 60-70 foizgacha bodring hosili saqlab qolingan va samaradorlik ko‘rsatkichi 82,4-90,8 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish