Erkaev Akrom Normuxammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning nazariy jihatlari», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt242.  
Ilmiy rahbar: Mamatov Axmetjon Atajanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mo‘minov Nozim Gapparovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi ziddiyatli jihatlarni aniqlash orqali texnologik konvergensiyaning muhim sinergetik diffuziyasi asosida tarkibiy tuzilmaviy sifat o‘zgarishlar konsepsiyasi taklif etilgan; 
milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy nomutanosiblik va uning texnologik tuzilmasidagi degenerativ tendensiyalariga ko‘ra tarkibiy tuzilma omillari bilan iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklar o‘rtasidagi ziddiyat baholangan; 
fan yutuqlarini keng talab qiladigan texnologiyalardan foydalanish davlat sanoat siyosati bilan iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasi o‘rtasida zaruriy mutanosiblikni ta’minlash omili sifatida asoslangan;
ITTKIga sarflangan yalpi ichki xarajatlarni texnologik innovatsiyalar hamda yuqori ilm sig‘imiga ega tarmoqlar mahsulotlari o‘sish sur’atlarining o‘zaro ta’sirini e’tiborga olgan holda 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi ziddiyatli jihatlarni aniqlash orqali texnologik konvergensiyaning muhim sinergetik diffuziyasi asosida taklif etilgan tarkibiy tuzilmaviy sifat o‘zgarishlar konsepsiyasi “Innovatsion iqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i, 359-289 raqamli guvohnomasi). Natijada milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi ziddiyatli jihatlarni aniqlashning ilmiy-uslubiy asolari takomillashib, texnologik konvergensiyaning muhim sinergetik diffuziyasi asosida tarkibiy tuzilmaviy sifat o‘zgarishlar ro‘y berishining nazariy asoslari rivojlantirilgan;
milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy nomutanosibliklar va uning texnologik tuzilmasidagi degenerativ tendensiyalarni aniqlash asosida tarkibiy tuzilma omillari bilan iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklar o‘rtasidagi ziddiyatni baholashga oid amaliy-uslubiy yondashuvlardan “Innovatsion iqtisodiyot amaliy mashg‘ulotlar uchun” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i, 359-289 raqamli guvohnomasi). Natijada milliy iqtisodiyotidagi tarkibiy nomutanosibliklar va uning texnologik tuzilmasidagi degenerativ tendensiyalarni aniqlash asosida tarkibiy tuzilma omillari bilan iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklar o‘rtasidagi ziddiyatni baholash imkoni yaratilgan;
yuqori fan sig‘imli texnologiyalarni rag‘batlantirishga asoslangan davlat sanoat siyosati bilan iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasi o‘rtasida zaruriy mutanosiblikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 02/10-02-10/10-4753-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori fan sig‘imli texnologiyalardan foydalnishni kengaytirish orqali davlat sanoat siyosati bilan iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasi o‘rtasida zaruriy mutanosiblikni ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
ITTKIga sarflangan yalpi ichki xarajatlarni texnologik innovatsiyalar hamda yuqori ilm sig‘imiga ega tarmoqlar mahsulotlari o‘sish sur’atlarining o‘zaro ta’siri ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekistonda innovatsion jarayonlarni faollashtirish orqali barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga oid davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 02/10-02-10/10-4753-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish natijasida istiqbolda yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atining barqaror yuqori o‘sish tendensiyasiga ta’sirini baholashning aniqlik darajasini oshirishga xizmat qilib, prognoz davrida yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmining (1,05110 = 1,64) 1,65 barobarga oshishiga olib kelishi asosalab berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish