Sharipov Sherzod Faxridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqumda ko‘l-tuproqli tuz to‘planishining litologik va strukturaviy xususiyatlari», 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/GM117.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Abdurazak Umirzakovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Mirxodjaev Baxtiyor Ismoilovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Abdumominov Shuxrat Azatbekovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “Regionalgeologiya” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum sharoitida ko‘l-tuproqli tuz to‘planishining fatsial xususiyatlarini aniqlash va o‘rganilayotgan har bir maydon xususiyatlarini kimyoviy va mineralogik tarkibidan kelib chiqib tuzlardan sanoatning aniq tarmoqlarida foydalanish istiqbollarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Qizilqumda har bir o‘rganilgan ob’ektda ilk bor tuzlar hosil bo‘lish jarayonining xususiyatlari hamda xlorid va sul`fatli natriy tarkibli tuzlar to‘planishiga ta’sir qiluvchi geologik omillar ilmiy asoslangan;
tuzli ko‘llar ichida Tuzquduq va Lavlakan ko‘llarining tuzga to‘yingan sho‘r suvida bromning eng ko‘p miqdori aniqlangan;
hududlardagi tuzli hosilalar shakllanadigan suv xavzalarida tuz to‘planishining litologik va strukturaviy sharoitlari hamda sedimentatsiyaning geologik va geomorfologik turlari aniqlangan;
mavsumiy tuz to‘planishining intensivligi va to‘yingan sho‘r suv oqimi kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan yoriqsimon zonalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Markaziy Qizilqumda ko‘l-tuproq tuzlarining to‘planishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy Qizilqumdagi tuz yotqiziqlari bo‘yicha geologik va geokimyoviy materiallar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK amaliyotiga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2021 yil 29 noyabrdagi 02-06-07/11284-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilayotgan hududlardan olingan namunalarni kompleks o‘rganish asosida, har bir ko‘ldagi tuz to‘planishining o‘ziga hos xususiyatlarini aniqlash natijalari geologik xaritalar tuzish imkonini bergan;
sul`fat tuzlari to‘plamlarining bashoratlangan zaxiralari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK amaliyotiga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2021 yil 29 noyabrdagi 02-06-07/11284-son ma’lumotnomasi). Natijada, mirabilit Saylaquduq va Mullali ko‘llarida, xlorid tuzlari (galit) - Tuzquduq ko‘lida shuningdek, natriy (galit) va magniy-xlorid tuzlari (bishofit) to‘planishlari Lavlyakan ko‘lida aniqlash imkonini bergan;
VEGA Science, Alos-Palsar, RSA, ITS (Mineral Composition, Hydrothermal Composition) dasturiy modullari vositasida olingan tasvirlarni lineament tahlili “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK amaliyotiga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK ning 2021 yil 29 noyabrdagi 02-06-07/11284-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Qizilqum xududidagi tuz ko‘llarining yangi istiqbolli maydonlarini aniqlashga asos bo‘lib xizmat qilgan.