Qurbonov Abduhakim Abdivakil o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Chirolma-Beshtor daryolari oralig‘idagi daykalar (Chotqol tizmasi)», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/GM121.
Ilmiy rahbar: Ishbaev Xalbay Djangirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti DK. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Axundjanov Raxmadjan, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pskom tog‘ tizmasining shimoliy tarmoqlari Chirolma-Beshtor daryolari oralig‘ida tarqalgan plutonik daykali hosilalarni geologik-petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chirolma-Beshtor daryolari oralig‘ida tarqalgan turli xil yoshdagi daykalarning genetik turlarini geologik-petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy tavsiflari aniqlangan;
daykali hosilalarning to‘rtta chegaraviy yoshlari aniqlangan; 
daykalar yuqoripskom dolerit-traxibazal`tli (Rf3), tekesh gabbro-monsonit-sienitli (S1), qoramozor gabbro-monsodiorit-granodioritli (S2) va janubiytiyonshon ishqorli bazal`toidli (T3) daykali majmualariga ajratilgan, ularning mustaqilligi o‘zaro geologik munosabatlari va tarkibining petrologik-geokimyoviy xususiyatlariga ko‘ra asoslangan;
ilk bor Chirolma-Beshtor daryolari oralig‘ida lamprofirlar (kampto-monchikit, olivinli minetta va minetta) uyushmasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Chirolma-Beshtor daryolari oralig‘idagi daykalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Pskom tog‘ tizmasida tarqalgan turli xil yoshga mansub daykalarning tavsifi haqidagi dalillar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 03-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chirolma-Beshtor daryolari oralig‘ida tarqalgan mazkur daykalarning geologik-petrografik, petrologik-geokimyoviy xususiyatlarini qayta ko‘rib chiqish imkonini bergan; 
Beshtor-Tunduq intruzivida tarqalgan lamprofir daykalar (kampto-monchikit, minetta va olivinli minetta) uyushmasi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning geologik-qidiruv ishlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 03-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, eng yosh daykali hosilalarni ajratish imkonini bergan;
hududda tarqalgan daykalar tarkibi, geokimyoviy ixtisoslashuviga binoan to‘rtta yoshga birlashtirilib, bunda: yuqoripskom, tekesh, qoramozor va janubiytiyonshon daykali majmualari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 03-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chotqol-Qurama mintaqasida xaritalash ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish