Zufarova Nozima Gulamiddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda brend kapitali boshqaruvini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing  va 08.00.05 Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt273. 
Ilmiy rahbar: Toshxodjaev Muxtorxon Maxsudovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Aslanova Dilbar Xasanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor; Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda brend kapitali boshqaruvini maqsadli tashkil qilish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab  chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasi brend kapitalini shakllantirish bo‘yicha yondashuv brend qo‘shilgan qiymatini ta’minlashga qaratilgan strategiyalardagi brend kapitalining  milliy va xalqaro bozorlardagi istiqbol franchayz darajalari va pul oqimlari sof daromad keltiruvchi qiymatini oshirish negizida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muasssasi brendi shakllanayotgan shroitidagi brend kapitalini moliyaviy baholashda xorijiy talabalar va xorijiy tinglovchilar o‘qishi, homiylik, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan byudjetdan tashqari mablag‘larga moliyaviy balansda ustuvorlik berishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
brend kapitalining istiqbol parametrlariga optimal transformatsiyalashuvini ta’minlashda oliy ta’lim muassasasi brendga erishishning bir bosqichdagi moliyaviy natijalar va brendning xalqaro bozor kon’yunkturasiga ko‘ra mediya-marketing taktikasini ishlab chiqishning samaradorligi asoslab berilgan;
brendni shakllantirishning dastlabki davrida milliy ta’lim bozorining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’limda brend kapitalini shakllantirish va rivojlantirishda «brend nufuzi» marketing-moliyaviy jihatdan asosiy omil ekanligi asoslanib, muvofiq holda brend kapitali shakllanishini baholashning takomillashtirilgan SEM modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Brend kapitali boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasasi brend kapitalini shakllantirishga yondashuv brend qo‘shilgan qiymatini ta’minlashga qaratilgan strategiyalardagi brend kapitalining milliy va xalqaro bozorlardagi istiqbol franchayz darajalari va pul oqimlari sof daromad keltiruvchi qiymatini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 89-03-2501-son ma’lumonomasi). Natijada ta’lim sifatini oshirish imkonini beruvchi brend ko‘rsatkichlari va brend identikasi asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xorijiy talabalar soni 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 3,6 barobarga oshish imkoni yaratilgan; 
oliy ta’lim muasssasi brendi shakllanayotgan shroitidagi brend kapitalini moliyaviy baholashda xorijiy talabalar va xorijiy tinglovchilar o‘qishi, homiylik, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan byudjetdan tashqari mablag‘larga moliyaviy balansda ustuvorlik berish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 89-03-2501-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida brend kapitalini baholash darajasining aniqlik darajasining ortishi hisobiga fakul`tetlararo talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobatlashuvini rivojlantirish negizida Xalqaro turizm fakul`tetida qo‘shimcha kontraktga kirgan talabalar soni 2019-2020 o‘quv yilida 2018-2019 o‘quv yiliga nisbatan 6,7 barobarga oshirish imkonini  bergan;
brend kapitalining istiqbol parametrlariga optimal transformatsiyalashuvini ta’minlashda Oliy ta’lim muassasasi brendga erishishning bir bosqichdagi ta’lim sifati holati, moliyaviy natijalari va brendning xalqaro bozor marketing kon’yukturasiga ko‘ra mediya-matketing rejasini ishlab chiqishning samaradorligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi  89-03-2501-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro bozor kon’yukturasiga ko‘ra ishlab chiqilgan mediya-marketing rejasini asosida amalga oshirilgan transformatsiyalashuv jarayonlari natijasida universitetning webometriks reyting ko‘rsatkichi 2021 yilidan buyon 3 chi pog‘onani egallab kelmokda. Mediya rejasi asosida amalga oshirilgan kommunikatsiya strategiyasi natijasida xorijiy talabalar soni 2021-2022 o‘quv yillarida 2020-2021 o‘quv yiliga nisbatan 62 foizga oshgan; 
milliy ta’lim bozorining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda brendni shakllantirishning dastlabki davrida oliy ta’limda brend kapitali boshqaruvi samaradorligini ta’minlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 89-03-2501-son ma’lumotnomasi). Natijada, marketing brend nufuzi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro turizm fakul`tetining brentd kapitalini oshishiga va fakul`tetlararo talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobatlashuvni rivojlanishi asosida 2019 yil natijalari bo‘yicha universitet ichki reytingida fakul`tetning beshinchi o‘rindan birinchi o‘ringa chiqishiga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish