Xadjimetov Abdurasul Abdugafurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kardiovaskulyar patologiyali bemorlarda osteointegratsiya va gomeostaz jarayonlarini o‘rganish asosida dental implantatsiya samaradorligini oshirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.2.DSc/Tib571.
Ilmiy maslaxatchi: Dusmuxamedov Dilshod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Jun Young Paeng, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya); Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Yuldashev Nosir Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tokai central hospital (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kardiovaskulyar tizim kasalliklari mavjud bemorlarda dental implantatsiya operatsiyasiga tayyorlash bosqichlarini takomillashtirish va dental imlantatsiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kardiovaskulyar patologiyali bemorlarda dental implantatsiyadan oldin va keyin osteointegratsiya jarayonlarini klinik va laborator namoyon bo‘lishining o‘ziga xosligi aniklangan;
ilk bor kardiovaskulyar tizim patologiyalar mavjud bemorlarda dental implantatsiyadan oldin va keyin qon markerlar dinamikasidagi o‘ziga xosliklar ilmiy isbotlangan;
ilk bor kardiovaskulyar tizim patologiyalar mavjud bemorlarda dental implantatsiyadan oldin va keyin so‘lakdagi biokimyoviy markerlar dinamikasidagi o‘ziga xosliklar ilmiy isbotlangan;
ilk bor kardiovaskulyar tizim patologiyasi mavjud bemorlarda dental implantatsiyada stomatologik statusda kuzatiluvchi asoratlarning patogenezining o‘ziga xosligi aniklangan.
kechki (6-12 oy) muddatlarda kardiovaskulyar patologiyali bemorlarda dental implantat funksiyasi buzilishini oldini olish va davolashda klinik va laborator dalillarning ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
kardiovaskulyar patologiyali bemorlarda tish implantatsiya asoratlarni rivojlanishi asosida ishlab chiqilgan «Kardiovaskulyar tizim kasalilklari mavjud bemorlarda dental implantat bilan protezlashda asoratlarni kelib chiqishining xavf omillari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/949-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kardiovaskulyar patologiyali bemorlarda implantatsiya asoratlarni xavf omillarini aniqlash va baholashga xizmat qilgan;.
kardiovaskulyar patologiyali bemorlarda periimplantit kuzatilgan xolatda tomir asoratlarini tekshirish asosida ishlab chiqilgan «Kardiovaskulyar tizim patologiyasi bilan birga kechuvchi parodontit bilan kasallangan bemorlarda perimplantit rivojlanishida tomir buzilishlarning prediktorlik roli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/950-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kardiovaskulyar patologiyali bemorlarda tomir asoratlarini aniqlashning prediktorlar rolinini aniqlash va va kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga xizmat qilgan;
kardiovaskulyar patologiyali bemorlarda tish implantanti barqarorligini suyak defisiti xolati asosida ishlab chiqilgan «Kardiovaskulyar tizim kasalliklari mavjud bemorlarda suyak to‘qimasi defisitida tish implantatsiyasiga differensial yondoshish» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/951-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kardiovaskulyar patologiyali bemorlarda dental implantatsiyaga differensial yondoshish orqali uning samarasini oshirishga va va kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga xizmat qilgan;
kardiovaskulyar patologiyasi bor bemorlarda tish implantatsiyasini klinik-patogenetik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi, Soglikni Saklash Vazirligi koshidagi stomatologiya poliklinikasi, Toshkent shahri 1-stomatologik poliklinikasi amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 8n-z/545-son ma’lumotnomasi). Tadbiq etish natijasida asoratlarni bashoratlashni takomillashtirish, xavf guruhlarini aniqlash, dispanserizatsiya sifatini oshirish, sog‘liqni saqlashning turli tizimlari o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish, profilaktik choralar samarasini oshirish, iqtisodiy samaradorlikka erishishga vabemorlarning xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.