Muqimov Odiljon Axmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq sharoitidagi axoliga parodontologik yordam ko‘rsatish sifatini takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib773.
Ilmiy rahbar: Yarmuxamedov Bexzod Xamidovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kopbaeva Mayra Toytoleuovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Xabilov Nig‘mon Luqmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Navarra davlat universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qishloq sharoiti aholisiga parodontalogik yordam sifati va qulayligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv tahlil natijasida axolining turli xildagi stomatologik yordam bilan ta’minlanganlik va muxtojlik darajasi aniqlangan;
o‘tkazilgan tekshiruvlar va so‘rovnoma yordamida bemorlarning hayot sifatini baholash imkonini beruvchi, bemorning tibbiy savodxonlik darajasi va og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi asoslangan;
Andijon viloyati aholisini stomatologiya xizmati bilan ta’minlashning differensirlashgan standartlari ishlab chiqilgan;
ikkilamchi adentiyali bemorlarda chaynov yukini qolgan tabiiy tishlarga teng taqsimlanishida protez sifatida tish implantatlaridan foydalanish lozimligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholiga parodontal yordam ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
parodontit natijasida qisman ikkilamchi adentiyali bemorlarni davolash algoritmini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Qishloq sharoitida parodontal kasalliklar natijasida yuzaga kelgan qisman va to‘liq ikkilamchi adentiyali bemorlarda jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 fevraldagi 8n-r/78-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma qishloq axolisiga ko‘rsatilayotgan parodontologik yordamni, keksalar va qariyalardagi ikkilamchi to‘liq va qisman adentiyalijag‘larda implantatsiya amaliyotini takomillashtirishning optimal sxemasini ishlab chiqish imkonini bergan;
yangi turdagi anestetiklarning xususiyatlarini o‘rganish va ulardan parodontal jarrohlikda foydalanishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Parodontal jarrohlikda qo‘llaniladigan zamonaviy anestetiklar” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 fevraldagi 8n-r/77- son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiya tadbiq natijalari keksalar va qariyalarning adentiyali jag‘larda implantatsiya amaliyotini o‘tkazish bosqichlar vaqtini kamaytirdi, davolash samaradorligini oshirishga imkon yaratgan;
ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi, shuningdek, Toshkent davlat stomatologiya institutining jarrohlik stomatologiya va dental implantatsiya kafedrasi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 avgustdagi 8n-z/100-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning xayot sifatini yaxshilish bilan birgalikda chaynov protezlardan foydalanish samaradorligini xam oshirishga imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish