Mubarakova Komila Abduvasitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lazerli keratorefraksion operatsiyalarning klinik-funksional natijalariga ko‘z yuzasi holatining ta’siri» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1079.
Ilmiy maslahatchi: Yusupov Azamat Farxadovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi IK, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Kremkova Elena Vital`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Yuldasheva Nodira Maxmudjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: HanGil Eye Hospital (Seul, Janubiy Koreya).
II. Tadqiqotning maqsadi. keratorefraksion lazer amaliyotlaridan keyingi klinik-funksional natijalarga ko‘z yuzasi holatining ta’sirini o‘rganish va «quruq ko‘z» sindromli bemorlarni amaliyotdan oldingi tayyorgarligiga hamda amaliyotdan keyin olib borilishiga kompleks differensial yondashuv algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta klinik manbada keratorefraksion lazer jarrohligi rejalashtirilayotgan «quruq ko‘z» sindromli bemorlarda ko‘z yuzasi holati va ko‘z yoshi plyonkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar takomillashtirilgan;
ilk bor ko‘z yoshi plyonkasi holatining keratorefraksion lazer amaliyoti natijalarini bashorat qilinishiga, amaliyotdan oldin hisoblashdagi refraksion xatoliklar va asoratlarning chastotasiga bo‘lgan ta’siri o‘rganilib chiqib, «quruq ko‘z» sindromli bemorlarni keratorefraksion lazer amaliyotidan oldingi tayyorgarligiga taklif qilingan kompleks yondashuv samaradorligi isbotlangan;
ilk bor meybomiy bezi disfunksiyasi fonidagi «quruq ko‘z» sindromli bemorlarga intensiv impul`sli nur yordamida patogenetik yo‘naltirilgan kompleks davo natijalari asoslangan;
ilk bor keratorefraksion lazer jarrohligini rejalashtirishda turli shakldagi «quruq ko‘z» sindromli bemorlarni amaliyotdan oldingi tayyorgarligiga va amaliyotdan keyingi olib borish davosiga kompleks differensial yondashuv algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turli shakldagi «quruq ko‘z» sindromini davolashda klinik-diagnostik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
keratorefraksion lazer operatsiyalari aspektida «quruq ko‘z» sindromini davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Keratorefraksion lazer operatsiyalari aspektida «quruq ko‘z» sindromini davolashga kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/627-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma keratorefraksion lazer operatsiyalarini rejalashtirishda «quruq ko‘z» sindromli bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirishga, operatsiya vaqtidagi asoratlar sonini kamaytirishga va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrini qisqartirishga imkon bergan;
meybomiy bezi disfunksiyasining diagnostikasi va davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Meybomiy bezi disfunksiyasining diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/ 316-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma meybomiy bezining disfunksiyasini tashxislash va davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan;
ko‘z yuzasi patologiyalarini tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 8n-d/ 49-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni joriy qilinishi ko‘z yuzasi patologiyalari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash samaradorligini oshirishga, bu esa o‘z navbatida davolanishning iqtisodiy xarajatlarini kamaytirishga, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrini qisqartirishga va ushbu kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishiga imkon bergan.