Ismailova Jadida Axmedjanovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xelikobakter assotsiyalashgan me’da kasalliklarining eradikatsiya terapiyasini virulent genetik omillariga asoslangan optimizatsiyasi», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib291.
Ilmiy rahbar: Karimov Mirvosit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Qodirjon To‘xtaboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Zaxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: H. rylori-assotsiatsiyalashgan me’da kasalliklarining klinik, morfologik va genetik  xususiyatlarini hisobga olgan holda, tashxislash va davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududida H. pylori-assotsiatsiyalashgan me’da xastaliklarining kasallanish darajasi, klinik ko‘rinishlari va morfologik o‘zgarishlarining xususiyatlari aniqlangan. 
H. pylori-assotsiatsiyalashgan me’da kasalliklarida klinik, endoskopik va morfologik tekshirish ko‘rsatkichlarining ureC va Sag A genlari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
H. pylori Sag A geni barcha me’da kasalliklari bilan assotsiatsiyada ekanligi aniqlangan;
H. pylori bakteriyasining tajovuzkor va tajovuzkor bo‘lmagan shtammlarini tashxislashda Sag A geni tashxisiy belgisi (marker) ekanligi asoslangan;
H. pylori me’da kasalliklarining rivojlantiruvchi xavf omili ekanligi, xamda rivojlanish xavfini 2,2-3,6 martagacha oshirishi isbotlangan;
H. pylori bakteriyasini antibiotikka chidamliligini ta’minlovchi 23S rRNK genining A2142G/S va 2143G mutatsiyalarini davo samaradorligini oshirishi isbotlangan;
ilk marta H. pylori-assotsiatsiyalashgan barcha me’da kasalliklarida klinik, endoskopik va morfologik hamda virulent genetik omillarini xisobga olgan xolda davolash muqobil usul ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xelikobakter assotsiyalashgan me’da kasalliklarining eradikatsiya terapiyasini virulent genetik omillariga asoslangan optimizatsiyasi bo‘yicha tadqiqotnin ilmiy natijalari asosida:
H. pylori-assotsiatsiyalashgan me’da kasalliklarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Kioto protokollari asosida surunkali gastrit diagnostikasi va davolash tamoyillarini takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 2 fevraldagi 8n-r/62-son ma’lumotnomasi). Morfologik va molekulyar-genetik usullarga asoslangan ushbu tavsiyanoma O‘zbekistonda patogen H. pylori shtammlarining tarqalishini aniqlash imkonini bergan.
morfologik va molekulyar-genetik xususiyatlarni aniqlash hamda eradikatsiya terapiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 08-09/21483 - son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi tashxislash sifatini yaxshilash, kasallik rivojlanish xavfini bashorat qilish, klaritromisinga chidamlilikni kamaytirish va shu bilan ushbu kasalliklarga chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish