Tuychiev Komil Lazizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida avtomobillarni sotish marketing siyosatini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1925.
Ilmiy maslahatchi: Xodiev Baxodir Yunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Akramov Toxir Abiraxmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Xumoyun Tolibjon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat transport universiteti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobillarni sotish marketing siyosatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqshdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy avtombillar bozori segmentida chakana savdoning eng samarali vosita ekanligi asoslanib, mahsulotlar reklamasi, tanlash va sotishga oid marketing jarayonlarini onlayn shaklda amalga oshirish bo‘yicha maqsadli auditoriyalarni rivojlanitirsh negizida muqobil kanallar orqali avtomobillarni sotishni jadal rivojlantirish isbotlangan;
«Avtovin» elektron platformasidan foydalangan holda avtomobillarni sotish xarajatlarini kamaytirib, foyda hajmini oshirish, muqobil kanallardan samarali foydalanish negizida mahsulotni sotish marketing strategiyasini takomillashtirgan holda investisiyalar qoplanishi va ular rentabelliginining 2027 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
maqsadli auditoriyalar, mahsulotlarga bo‘lgan talab va taklif, ishlab chiqarish parametlarining marketing natijalariga ko‘ra avtomobillarni, jumladan elektron platformalar orqali sotishning prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
maqsadli eksportni qo‘llab-quvvatlashdan eksport-kompleks, jumladan servis xizmatini tashkil qilish marketing strategiyasiga o‘tish va eksport salohiyati rivojida elektron platformalarga ustuvorlik berish asosida avtomobillar eksportining 2027 yilgacha bo‘lgan bazaviy, optimistik va pessimistik ssenariy prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida avtomobillarni sotish marketing siyosatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy avtombillar bozori segmentida chakana savdoning eng samarali vosita ekanligi asoslanib, mahsulotlar reklamasi, tanlash va sotishga oid marketing jarayonlarini onlayn shaklda amalga oshirish bo‘yicha maqsadli auditoriyalarni rivojlanitirsh negizida muqobil kanallar orqali avtomobillarni sotishni jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar «Avtovin» MChJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” AJning 2021 yil 12 noyabrdagi 19/04-25-2055-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish avtomobillar bozorida «Avtovin» MChJning strategik rivojlanish dasturini ishlab chiqishga asos yaratilgan;
«Avtovin» elektron platformasidan foydalangan holda avtomobillarni sotish xarajatlarini kamaytirib, foyda hajmini oshirish, muqobil kanallardan samarali foydalanish negizida mahsulotni sotish marketing strategiyasini takomillashtirgan holda investisiyalar qoplanishi va ular rentabelliginining 2027 yilgacha prognozi bo‘yicha takliflar «Avtovin» MChJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” AJning 2021 yil 12 noyabrdagi 19/04-25-2055-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish «Avtovin» MChJ rentabelligini 18% ga oshirish va o‘z navbatida avtomobil` mahsulotlari uchun muqobil sotish kanallarini birxillashtirish imkonini bergan hamda raqobat ustunligini oshirishga xizmat qilgan;
maqsadli auditoriyalar, mahsulotlarga bo‘lgan talab va taklif, ishlab chiqarish parametlarining marketing natijalariga ko‘ra avtomobillarni, jumladan elektron platformalar orqali sotishning prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflari “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” AJning 2021 yil 12 noyabrdagi 19/04-25-2055-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish natijasida 2021 yilda avtomobillarni sotish hajmining oshirish xizmat qilgan va prognoz davrida avtomobillarni muqobil kanallar orqali sotish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
maqsadli eksportni qo‘llab-quvvatlashdan eksport-kompleks, jumladan servis xizmatini tashkil qilish marketing strategiyasiga o‘tish va eksport salohiyati rivojida elektron platformalarga ustuvorlik berish asosida avtomobillar eksportining 2027 yilgacha bo‘lgan bazaviy, optimistik va pessimistik ssenariy prognozi bo‘yicha takliflar “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2021 yil 12 noyabrdagi 19/04-25-2055-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish natijasida mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘la foydalangan holda avtomobillarni sotish samaradorligini oshirish, avtomobillarni realizatsiya qilish kanallari va muqobil kanallarni safarbar etishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan.