Nabiev Ayder Mustafaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Teri xom ashyosiga mexanik ishlov berish uchun valikli mashinani takomillashtirish”, 05.02.03 – «Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam (B2018.2.PhD/T.738).
Ilmiy rahbar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Farxod Xayrulloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri xom ashyosiga mexanik ishlov berish uchun valikli siquvchi mashina konstruksiyasini takomillashtirish va uni samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ho‘l teri xom ashyosini vallar orasidan vertikal uzatishda undagi ortiqcha suyuqligini samarali siqib chiqarishni ta’minlaydigan yangi usul hamda uni amalga oshiruvchi valikli mashina va uning mexanizmlari konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
siquvchi vallarning bosimi, uzatish tezligi va siqish takroriyligiga hamda teri xom ashyosi qalinligiga bog‘liq holda ho‘l teri xom ashyosini vertikal uzatishda undan siqib chiqarilgan ortiqcha suyuqlik miqdorini aniqlashning matematik modellari ishlab chiqilgan;
ikki qavat ho‘l teri xom ashyolari siquvchi vallar orasidan bir vaqtda o‘tkazilganda siquvchi vallarning bosimi, uzatish tezligiga bog‘liq holda ulardan siqib chiqarilgan ortiqcha suyuqlik miqdorini hisoblash formulalari keltirib chiqarilgan;
tayanch plitada vertikal uzatilayotgan teri xom ashyosining val juftligi orasidan uzatilishining harakat tenglamalari keltirib chiqarilgan va ishchi vallar radiusining o‘zgarishi ishlov berilayotgan teri mahsulotini qamrov burchagiga bog‘liqlik munosabatlari ishlab chiqilgan;
valikli mashinaning aylanuvchi siquvchi vallari orasidan tayanch plitaga buklangan holda joylashtirilgan teri xom ashyosini tortib olish shartlari aniqlangan va parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Teri xom ashyosiga mexanik ishlov berish uchun valikli tajriba mashinasining parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ho‘l teri xom ashyolaridan namlikni siqib chiqaruvchi valikli mashinaning takomillashtirilgan konstruksiyalari va usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining ixtiro va foydali modellariga (№IAP 04451, 2011 y., №FAP 01417, 2019 y., №FAP 00685, 2012 y., №FAP 00686, 2012 y.) patentlari olingan. Natijada teri xom ashyosiga mexanik ishlov beruvchi valikli mashina konstruksiyasi takomillashtirilib, texnologik jarayonning samaradorligini va ishlov beriladigan mahsulot sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
teri xom ashyosiga mexanik ishlov berish uchun valikli tajriba mashinasiga dastlabki talablar tasdiqlangan (O‘zcharmsanoat uyushmasining 2021 yil 21 sentyabrdagi FB-7/2481-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki qatlamli teri xom ashyolarga mexanik ishlov berish uchun texnologik jarayonning samaradorligi 2 marta yuqori valikli tajriba mashinasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
bir necha qatlamli teri xom ashyolarga mexanik ishlov berish uchun takomillashgan texnologik jarayonining natijalari va valikli mashinani hisoblash usuli «Premium Leather» MChJda joriy etilgan (O‘zcharmsanoat uyushmasining 2021 yil 21 sentyabrdagi FB-7/2481-son ma’lumotnomasi). Natijada, teri xom ashyolarga mexanik ishlov berish uchun texnologik jarayonning samaradorligini 2 marta oshirishga erishilgan;
vertikal uzatishda teri xom ashyosini vallar orasiga qamrab olinishini va valikli mashina ishchi organlarining bosimini hisoblash uchun dasturiy mahsulotlar «Nigora Dadido» MChJda loyihalash jarayonida qo‘llash uchun topshirilgan (O‘zcharmsanoat uyushmasining 2021 yil 21 sentyabrdagi FB-7/2481-son ma’lumotnomasi). Natijada, teri xom ashyolarga mexanik ishlov berish uchun takomillashtirilgan valikli mashinaning sanoat sharoitida egallaydigan ishchi maydoni 1,5 martaga qisqartirish imkoniyati yaratilgan.