Umarova Maxliyo Yunusovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek adabiyotida ijodkor shaxs va qahramon muammosi (XIX- XX asr boshlari adabiyoti misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil318.
Ilmiy rahbar: Boltabaev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori; Mirzaeva Zulxumor Inomovna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmon Xo‘ja o‘g‘li Temur, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX-XX asr boshlari ingliz adabiyotining buyuk vakillari Jorj Bayron, Val`ter Skott va Bernard Shou hamda o‘zbek jadid adiblari Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon ijodidagi mushtarak jihatlarini hamda ularning asarlarida ijodkor shaxs va qahramon munosabatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek adiblarining asarlarida ijodkor shaxs va muallif obrazining badiiy qahramonda zuhurlanishi, ijodkor shaxs va qahramon muammosi haqidagi ingliz hamda o‘zbek mualliflarining estetik idealga tayanishi kabi g‘arbona va badiiy matnda poetikaga urg‘u berilishi kabi sharqona qarashlari aniqlangan;
badiiy asarda ijodkor-inson hayotiy voqealarini asar qahramoniga ko‘chishi, ijodkor shaxs ruhiyatini anglash, adabiy shaxsiyat muammosini g‘arbona kontekstda ijtimoiy muhitga urg‘u berilishi va sharqona qarashlarda esa asar qahramonlarning xarakteri, nutqi kabi xususiyatlariga e’tibor qaratilishi isbotlangan; 
she’riyatda muallif obrazi va lirik qahramon munosabati ingliz shoiri Bayron va o‘zbek shoiri Cho‘lpon lirikasida inson ruhiyati tasviri jarayonida ijodiy o‘ziga xoslik, ulardagi ijodiy “men” va biografik “men” munosabatini izchil ochib berish orqali shoir usubini yuzaga chiqaruvchi omillar birligini tashkil etishi dalillangan;
Val`ter Skott asarlaridagi tarixiylik va badiiylik konsepsiyasi bilan Abdulla Qodiriy shaxsiyati va roman qahramonlari o‘rtasidagi tarix haqiqatini badiiy ifoda etishdagi mushtarak hamda ijtimoiy-biografik aspektdan kelib chiqqan holda adabiy qahramonga ijodiy munosabatdagi farqli jihatlar ochib berilgan;
ingliz dramaturgi Bernard Shou asarlarida aks etgan epik konsepsiyaning ifodalanishi hamda o‘zbek adibi Fitrat asarlaridagi tarixiy shaxs va unga munosabat masalasi tarixiy dramalar matnidagi obrazlar tizimi, syujet va kompozisiya hamda badiiy nutqning yaxlit ifodasi muallifning individual uslubi hamda dramaturglik mahoratini ko‘rsatish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek adabiyotida ijodkor shaxs va qahramon muammosi  (XIX-XX asr boshlari adabiyoti misolida) tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
ijodkor shaxs va qaxramon muammosi ingliz-o‘zbek adiblari asarlari tahlili, g‘arb va sharq ijodkorlari qarashlaridagi turlichalik; she’riyatda muallif obrazi va lirik qahramon munosabati Bayron va Cho‘lpon lirikasidagi mushtaraklik, o‘ziga xoslik jihatlari hamda g‘arb va sharq dramaturgiyasi Bernard Shou va Fitratning tarixiy dramalaridagi betakror tarixiy obrazlar haqidagi ilmiy-tahliliy, nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 12 avgustdagi  01-03/984-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘arb va sharq ijodkorlarining lirik va dramatik asarlaridagi o‘xshash va mushtarak jihatlarga tarjima jarayonlarida amal qilish ko‘zda tutilgan;
Bayron va Cho‘lpon ijodining bir-biriga yaqinligi, asosan, mavzular doirasining aniqligi, obrazlararo mushtaraklik, har ikki shoirda hayot hodisasiga nazar tashlashdan tortib, uni badiiy talqin etishda romantizm adabiyotiga xos bo‘lgan xayolot, voqealarni qalb prizmasidan o‘tkazib talqin qilish hollarining kuzatilishi hamda Val`ter Skott va Abdulla Qodiriy asarlarida mamlakat uchun muhim bo‘lgan tarixiy voqealar, tarixiylik prinsipining namoyon bo‘lganligiga doir ilmiy natijalari 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan vazifalarning bevosita ijrosiga qaratilgan tadqiqot ishi sifatida baholanib, dasturning 35-bandi doirasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 25 avgustdagi  05-12-10-3869-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz adiblarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va o‘zbek jadid adiblarining asarlarini yangi qayta nashrlarini  takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
muallif shaxsi va uning badiiy asarda aks ettirish tamoyillari haqidagi ilmiy natijalardan “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” va “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 12 avgustdagi 02-13-1335-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv materiallari XIX-XX asr ingliz va o‘zbek adiblarining asarlarida ijodkor shaxs va qahramon muammosining yoritilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
ingliz yozuvchisi Val`ter Skott asarlarida tarixiylik va badiiylik konsepsiyasini tadqiq etish, ingliz va o‘zbek romanlarida tarixiy shaxs va qahramonga ijodiy munosabat masalasini yoritish, Val`ter Skott hamda Abdulla Qodiriy shaxsiyati va roman qahramonlari o‘rtasidagi ijtimoiy-biografik munosabatlar va ularning qiyosiy tadqiqini amalga oshirish, ingliz va o‘zbek dramaturgiyasiga salmoqli hissasini qo‘shgan dramaturglar Bernard Shou va Fitrat dramalarida tarixiy shaxslar va badiiylik munosabati masalasini chuqur o‘rganishga  doir  ilmiy-nazariy qarashlardan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik  fanlari  bo‘yicha  audiokitob ta’minotini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida samarali foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining  2021  yil  16 avgustdagi  01-1375-son ma’lumotnomasi).  Natijada  nazariy  va  amaliy  material audioto‘plam mazmunining  o‘zgartirilishiga  turtki  bo‘lgan  xamda  imkoniyati  cheklangan talabalarga  adiblar ijodini qiyosan o‘rganish uchun  etarli imkoniyat yaratilgan;
chet tillarni professional yo‘naltirilgan o‘qitish tizimini rivojlantirishga qaratilgan magistrlik dasturini amalga oshirish doirasida ingliz tilini takomillashtirishda badiiy adabiyotlardan xususan, taniqli ingliz adiblari Bayron, Val`ter Skott va Bernard Shou asarlaridan samarali foydalanish, shuningdek, chet tillar o‘qitish metodikasi o‘quv modullarini ishlab chiqishda Project  Tempus  544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston  University  "Developing  the  Teaching  of European  Languages: Modernising Language  Teaching through  the  development  of  blended  Masters Programmes" (2014-2017) nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining  2021 yil 25 avgustdagi  01/1848-son ma’lumotnomasi). Natijada  mazkur  ma’lumotlar  loyiha  doirasida yaratilgan  darslik,  o‘quv-metodik  majmualar  va  ularning  elektron nusxalarini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek romanlarida tarixiy shaxs va qahramonga ijodiy munosabat masalasi yoritilishi, Val`ter Skott hamda Abdulla Qodiriy shaxsiyati va roman qahramonlari o‘rtasidagi ijtimoiy-biografik munosabatlar va ularning qiyosiy tadqiqi hamda ingliz va o‘zbek dramaturgiyasi, xususan, Shou va Fitrat dramalarida epik konsepsiya va uning ifodaviyligini tahlili yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti tarixi tadqiqi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 24 sentyabrdagi  262/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek jadid adabiyotining zabardast vakillari  bilan  bog‘liq  tahliliy  umumlashmalar  loyiha doirasida yaratilgan darslik va lug‘atlarning takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
adabiyotshunoslikda ijodkor shaxs va qaxramon muammosi ingliz va o‘zbek adiblari asarlari tahlili, yozuvchilarning g‘arbona va sharqona qarashlarining qiyosiy tadqiqi; she’riyatda avtor obrazi va lirik qahramon  munosabati bevosita ingliz shoiri Bayron va o‘zbek shoiri Cho‘lpon lirikasi mutanosibligi mushtaraklik va ijodiy o‘ziga xoslik jihatlari hamda ulardagi ijodiy “men” va biografik “men”  munosabatlari tahlili yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining FA-F1-G002 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 24 sentyabrdagi 263/1-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotning nazariy tamoyillarini belgilash, ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotining mushtarakligi nazariy masalalariga doir ma’lumotlar mukammallashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish