Mengliboev Akmal Xolto‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubi - Sharqiy Buxoroda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga qarshi kurash (Surxon vohasi misolida, 1917-1930 yy.)”, 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar674.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Irisqulov Oybek, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubi-Sharqiy Buxoro, shu jumladan, Surxon vohasida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga qarshi 1920-1930 yillarda olib borilgan qurolli kurash tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubi-Sharqiy Buxoroda Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va Qizil Armiya bosqiniga qarshi olib borilgan kurashning tartibsiz xalq harakati emas, balki asrlar davomida shakllanib kelgan milliy qadriyatlar, qadimiy madaniyat, urf-odatlar va davlatchilik an’analarini saqlab qolishga qaratilgan ozodlik harakati bo‘lganligi dalillangan;
vohada milliy ozodlik harakatlarining boshlanishiga Abdulmo‘minbek Qulmo‘min o‘g‘li, Miyon Safiyulloh O‘roqxon, Olimbek, Xo‘jamshukur to‘qsabo, Mulla Hazratqul, Mulla Bolta, Sayyid Tojiddinxon, Jo‘ra oqsoqollar katta hissa qo‘shganligi va jangovor harakatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashganligi aniqlangan;
ozodlik harakatining tinch aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanish sabablari, milliy kuchlarga Ibrohimbek, Anvar Posho, Salim Posho, Xurrambek singari qo‘mondonlarning boshchilik qilishi va ularning insonparvarlik, sulh tuzish sohasidagi olib borgan harakatlarining sovet hukumati tomonidan rad etilganligi dalillangan;
sovet hokimiyatining milliy ozodlik harakatini to‘xtatish uchun o‘tkazgan tadbirlari, er-suv islohotlari, yoppasiga jamoalashtirish va istiqlolchilarga qarshi qo‘llagan yalpi qatag‘on siyosati vohadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning yanada og‘irlashuviga sabab bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubi - Sharqiy Buxoroda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga qarshi kurash 1920-1930 yillarda Surxon vohasi misolida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Janubi-Sharqiy Buxorodagi milliy ozodlik harakatida qatnashgan yurtdoshlarimiz, shu jumladan, Ko‘charov Mustafoqulbek, Yormatov Toshboy miroxur, Musaev Qurbon, Gala Imomqulov, Chorshanbi G‘afurov, Chori Allaberdievlarning sovet tuzumi tomonidan qatag‘on qilinishi bilan bog‘liq ma’lumotlar muzey va arxiv hujjatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2020 yilning 16 oktyabrdagi 73-son ma’lumotnomasi). Natijada, arxiv hujjatlarining nusxalari, surgun qilinganlar, bosmachi deb nohaq ayblanganlarning fotosuratlari va shaxsiy hujjatlari, shuningdek, og‘zaki tarix materiallari ekspozisiyaning yanada qiziqarli bo‘lishiga xizmat qilgan;
sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Janubi - Sharqiy Buxoroda ozodlik harakatining borishi va uning natijalari, qarshilik harakati ishtirokchilarining qahramonligi va ularning fojiali hayoti, milliy kuchlarga nisbatan o‘tkazilgan qatag‘onlik siyosatining oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 27 noyabrdagi 02-40-1180-son ma’lumotnomasi). Bu esa, sovet hokimiyatining milliy ozodlik harakatini to‘xtatish uchun o‘tkazgan tadbirlari va istiqlolchilarga qarshi qo‘llagan yalpi qatag‘on siyosati vohadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning yanada og‘irlashuviga oid materiallarni yoritish asosida teleko‘rsatuvlar mazmunini boyitish va tomoshabinlarning tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.