Ikromov Shavkat Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Mustaqil O‘zbekistondagi transformatsiya jarayonlarining arab davlatlarida yoritilishi”. 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar380.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Ishoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor; Munavvarov Zohidilla Inomxodjaevich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Tarix instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Arab davlatlari ilmiy doiralari va media makonida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar hamda axborot oqimini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arab davlatlari ilmiy doiralari va media makonida O‘zbekiston mavzusidagi kontent izchil, tarixiy jarayonlarni e’tiborga olmaslik natijasida ayrim nuqson va ma’lum mavzular doirasida shakllanayotganligi aniqlanib, bu xususan O‘zbekiston mavzusidagi tadqiqotlarning mavzu xususiyatidan qat’iy nazar mahrajida islom omili hamda geosiyosiy qiziqishlar turishi bilan isbotlangan;
arab davlatlarida O‘zbekiston mavzusidagi tadqiqotlar ko‘p hollarda Markaziy Osiyo kontekstida bajarilganligi natijasida O‘zbekiston mintaqaning boshqa davlatlari qatori mintaqaviy va global kuchlarning manfaatlari yoki geosiyosiy o‘yinlar ta’siridagi davlat sifatida, biryoqlama hamda mubohasa talab qarashlar bilan taqdim qilinganligi asoslangan;
global internet tarmog‘ining arab segmentida O‘zbekiston mavzusi aksar hollarda “etnik nizolar” va “Afg‘onistondagi inqiroz” kabi mavzular bilan birga kelishi, uning xalqaro imijiga ta’sir ko‘rsatayotganligi asoslangan;
“Yangi O‘zbekiston” obrazi Arab davlatlarida ijobiy qabul qilinayotganligi, O‘zbekistonga oid ba’zi stereotiplarda ijobiy o‘zgarishlar bor ekanligi aniqlanib, bu o‘zgarishlar o‘z navbatida o‘zaro hamkorlik aloqalari dinamikasiga ham ta’sir ko‘rsatayotganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil O‘zbekistondagi transformatsiya jarayonlarining Arab davlatlarida yoritilishini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
O‘zbekistonda 1991-2016 yillarda davlat ichki va tashqi siyosati xususiyatlari, amalga oshirilgan islohotlar, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlarning Arab davlatlarida yoritilishi hamda baholanishiga doir keltirilgan ma’lumotlardan O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik-markazda bajarilgan OT-A1-31 “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov zamondoshlari xotirasida” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zR Fanlar Akademiyasining 2020 yil 7 dekabrdagi 3/1255-2750-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar loyiha doirasidagi Islom Karimov faoliyatini xorijlik olimlar va siyosatchilar tomonidan baholanishiga doir materiallarni shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
arab tilidagi tadqiqotlarda O‘zbekistondagi yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlar tashkilotlarining faoliyati, ularning Arab davlatlaridagi yoshlar tashkilotlari bilan aloqalariga oid keltirilgan ma’lumotlardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini xorijda yoritilishiga oid hisobotlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 14 dekabrdagi 04-13/2920-son ma’lumotnomasi). Natijada Yoshlar ittifoqi faoliyatini xorijda tadbiq qilishga doir materiallar shakllantirilgan;
“Al-Bayan”, “Al-Ahram” va “Al-Riyod” kabi Arab tilidagi ommaviy axborot vositalaridagi O‘zbekiston haqidagi materiallarning kontent tahlili natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-sahifasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2020 yil 3 dekabrdagi 01-23/738-son bayonnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-sahifasini respublikada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning xalqaro maydonda e’tirof etilishi, xorijiy OAV, jumladan, arab tilidagi yetakchi nashrlarda yoritilishiga doir materiallar soni hamda qamrovini kengaytirishga erishilgan.