Suyarov Nodirjon Taxirovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Milliy-hududiy materiallar vositasida tasviriy san’at ta’limi mazmunini takomillashtirishning metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped.998.
Ilmiy rahbar: Amanullaev Abdunabi Abdimuminovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02. 
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shoxidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurtaev Urinbay Nishanbekovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy-hududiy materiallar vositasida  tasviriy san’at ta’limi mazmunini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy-hududiy materiallarning badiiy va pedagogik imkoniyatlari artta’limning milliy madaniyat va san’atga yo‘naltirilgan etnobadiiy, zamonaviy o‘qitish texnologiyalariga doir loyihaviylik, qayta ishlab chiqishga yo‘nalganlik, natijaviylik kabi metodik-texnologik komponentlarini “madaniy dialog” konsepti bilan muqobillik darajasini bosqichma-bosqich kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
tasviriy san’at ta’limi mazmunini loyihalashning milliy-hududiy va o‘lkashunoslikka oid materiallarni tanlash bilan bevosita bog‘liq ustuvorlik, maqsadga yo‘nalganlik, fragmentatsiya, integratsiya kabi mezonlari etnomadaniyatning translyasiya, kommunikatsiya, transformatsiya belgilarini o‘zida aks ettiruvchi “sotsiokod”ni san’atning etnik o‘ziga xosligi sifatida ifoda etish asosida aniqlashtirilgan;
tasviriy san’at darslarida milliy-hududiy va o‘lkashunoslikka doir o‘quv materiallaridan foydalanish jarayonlari ustoz-shogird an’analarini badiiy mentorlik modeli bilan identifikatsiyasini ta’minlash, san’at ta’limiga kognitiv-pragmatik uslubni tatbiq etishning verballik va obrazlilik darajasi produktivligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
tasviriy san’at ta’limi mazmunini milliy-hududiy materiallar vositasida loyihalash texnologiyasi o‘lkashunoslik ob’ektlarining real va virtual shakllarini fazoviy tasavvurlarda ideal va anologik tarzda “jonlantirish”, rang va qalam tasvir elementlarini divergent va konvergent tafakkur uslubi bilan integratsiyalashning konstruktiv jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy-hududiy materiallar vositasida tasviriy san’at ta’limi mazmunini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
milliy-hududiy oid materiallarning badiiy va pedagogik imkoniyatlarini artta’limining milliy madaniyat va san’atga yo‘naltirilgan etnobadiiy va zamonaviy o‘qitish texnologiyalariga doir metodik-texnologik komponentlarini “madaniy dialog” konsepti bilan identivligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 15 maydagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 125-son buyrug‘iga asosan, umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 25 dekabrdagi 01/11-02/02-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasviriy san’at ta’limi mazmunini milliy-hududiy materiallar asosida takomillashtirishga xizmat qilgan; 
tasviriy san’at ta’limi mazmunini loyihalashning milliy-hududiy va o‘lkashunoslikka oid materiallarni tanlash bilan bevosita bog‘liq ustuvorlik, maqsadga yo‘nalganlik, fragmentatsiya, integratsiya kabi mezonlarini etnomadaniyatning translyasiya, kommunikatsiya, transformatsiya belgilarini o‘zida aks ettiruvchi “sotsiokod”ni san’atning etnik o‘ziga xosligi sifatida ifoda etish asosida aniqlashtirish, tasviriy san’at darslarida milliy-hududiy va o‘lkashunoslikka doir o‘quv materiallaridan foydalanish jarayonlarini ustoz-shogird an’analarini t`yutorlik va badiiy mentorlik modellari bilan identifikatsiyasini ta’minlash, san’at ta’limiga kognitiv-pragmatik uslubni tatbiq etishning verballik va obrazlilik darajasi produktivligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5-7-sinf o‘quvchilari uchun “Tasviriy san’at” fanidan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni modernizatsiyalash jarayonida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 25 dekabrdagi 01/11-02/02-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy-hududiy materiallar asosida yangi avlod tasviriy san’at darsliklarini yaratish samaradorligini oshirishga erishilgan;
tasviriy san’at ta’limi mazmunini milliy-hududiy materiallar vositasida loyihalash texnologiyasi o‘lkashunoslik ob’ektlarining real va virtual shakllarini fazoviy tasavvurlarda ideal va anologik tarzda “jonlantirish”, rang va qalam tasvir elementlarini divergent va konvergent tafakkur uslubi bilan integratsiyalashning konstruktiv jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtiriga doir taklif va tavsiyalaridan 5-, 7-sinf darsliklarini yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 25 dekabrdagi 01/11-02/02-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi avlod darsliklarini yaratishda milliy-hududiy tavsifga illyustratsion materiallardan foydalanishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish