Babaxolov Sherzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga iqlim o‘zgarishining ta’siri va adaptatsiya jarayonlarini iqtisodiy baholash (Samarqand viloyati misolida)», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2021.3 Ph.D/Iqt 1770.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Iroda Baxramjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi iqlim omillari o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’siri hamda adaptatsiya jarayonlarini iqtisodiy baholash bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqlim o‘zgarishining paxta va g‘alla ekinlari hosildorligiga ta’sirini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv “o‘rtacha havo harorati”, “yog‘ingarchilik miqdori” kabi tabiiy omillarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
fermer xo‘jaliklari rahbar-xodimlarining iqlim o‘zgarishlari (qurg‘oqchilik va suv tanqisligi) hamda ularning ta’siri to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarini baholashda “Keskinlik indeksi” (Severity Index) taklif etilgan, ularning quyi, o‘rta va yuqori mezonlari ishlab chiqilgan;
iqlim o‘zgarishi ta’siriga moslashish va ekinlar hosildorligini oshirishda sug‘orish va o‘g‘itlash tizimi menejienti, erga ishlov berish, ekish muddatlarini moslashtirish, yangi navlardan foydalanish va daraxtlar plantatsiyasini ko‘paytirish kabi choralar bo‘yichi istiqbolli amaliy adaptatsiya xaritasi ishlab chiqilgan;
iqlim omillari o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi o‘zgarishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Iqlim omillari o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri va adaptatsiya jarayonlarini iqtisodiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
iqlim omillari o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 02/034-3070-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyatida havo haroratining o‘rtacha me’yordan 1 darajaga oshishi bug‘doy yalpi hosilining 7 foizga, me’yordan ortiq yog‘ingarchiliklar esa paxta yalpi hosilining 13 foizga yo‘qotilishi asoslangan;
Samarqand viloyatida fermer xo‘jaliklari rahbar-hodimlarining iqlim o‘zgarishi ta’sirlari to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarini baholash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 02/034-3070-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2022-yil 21 fevralda tasdiqlangan uslubiy qo‘llanmasi). Natijada, 5 ballik daraja (Likert Scale) bo‘yicha baholash mezoniga asosan kuzatilgan iqlim o‘zgarishi ta’sirlari Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklari faoliyatiga kuchli darajada ekanligi asoslangan;
Samarqand viloyati hududlarida fermer xo‘jaliklarining iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq risklarni boshqarish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 02/034-3070-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklari bilim darasining 1 foizga oshishi iqlim risklarini boshqarishni 12 foizga, moliyaviy barqarorligining 1 foizga oshishi esa 15 foizga hamda tarmoqda ekstenshn xizmatlari va bozor infratuzilmasi rivojlanishining 1 foizga oshirilishi orqali iqlim risklarini boshqarishni munosib ravishda 22 foiz va 14 foizga oshirishga erishilgan;
Samarqand viloyati hududlarida fermer xo‘jaliklarining iqlim o‘zgarishi ta’sirlariga karshi adaptatsiya choralari (sug‘orish, o‘g‘itlash, yangi navlar, ekish muddatlarini moslashtirish, erga ishlov berish va daraxtlar plantatsiyasini ko‘paytirish)ni qo‘llash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 02/034-3070-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif viloyatning Jomboy, Bulung‘ur va Oqdaryo tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan. Natijada, iqlim o‘zgarishiga qarshi adaptatsiya choralarini qo‘llagan bug‘doy etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida o‘rtacha 3 s/ga va paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida o‘rtacha 2 s/ga yuqori hosildorlikka yoki har bir fermer xo‘jaligida mahsulot qiymatini gektarga o‘rtacha 750 000 so‘mga oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish