Dusaliev Faxriddin Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘g‘il bolalarda anorektal mal`formatsiyalarni tashxislash va xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish», 14.00.35-Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020/2/PhD/Tib1304.
Ilmiy raxbar: Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Maxmud Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Shuxrat Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (KazMTU).
Dissertatsiyaning yunalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘g‘il bolalarda anorektal tug‘ma nuqsonlarni tashxislash, davolash taktikasi va jarrohlik aralashuv usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor bolalarda anorektal anomaliyalarning oraliq va pastki oqmali shakllarini modifikatsiyalangan jarrohlik korreksiya usuli (IAP 04995) ishlab chiqilgan;
anorektal mal`formatsiyaning alohida nozologik shakllarning chastotasi va klinik-anatomik shakllarida bolalar jinsiga qarab farqlanishi isbotlangan;
anorektal mal`formatsiyalarning oraliq va pastki oqmali shakllarida old sagital anorektoplastika jarroxlik usuli puborektal qovuzloq va tashki sfinkter muskullarining strukturasi va qon aylanishini buzmasdan tolalarga ajratish orqali takomillashtirilgan;
o‘g‘il bolalarda kuzatiladigan anorektal mal`formatsiyalarning rektouretral yuqori okmali shaklida kichik chanoq a’zolari va undan o‘tuvchi qon tomirlari, nerv tolalari va sfinkter mushaklari zararlanishini oldini olish maksadida qorin-oraliq proktoplastika jarroxlik amaliyotini qullash natijasida davolash samarali ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ARM aniqlangan o‘g‘il bolalarni klinik-anatomik shakllarini aniqlash, tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
anorektal mal`formatsiyalarda erta tashxislash va diagnostik mezonlarini tizimlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan "O‘g‘il bolalarda anorektal mal`formatsiyalarni klinik-anatomik shakllari va tashxislashning o‘ziga xos xususiyatlari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8 n-r/899-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ARMda nazologik shakllarini ajratish, tashxislash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
anorektal mal`formatsiyalarda an’anaviy jarroxlik muolajasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan "O‘g‘il bolalarda anorektal mal`formatsiyalarni jarrohlik yo‘li bilan korreksiya usuli va taktikasini tanlash" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8 n-r/900-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ARMda jarroxlik muolajasining samaradorligni oshirish imkonini bergan;
o‘g‘il bolalarda ARMni jarroxlik usuli qo‘llanilganda takomillashtirilgan old sagittal anorektoplastikadan foydalanish va uning samaradorligni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Bolalar milliy tibbiyot markazining bolalar jarrohligi bo‘limi; 1-son Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasining bolalar jarrohligi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 08-09/19452-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi o‘g‘il bolalarda ARMni tashxislash va jarrohlik davolashda taktik yondashuvlarning takomillashishi hamroh qo‘shilib kelgan nuqsonlarni aniqlash doirasini 59,5% dan 66,4% gacha kengayishiga imkonini beradi va umumjarrohlik asoratlarini 11,7% dan 7,4% ga kamaytirishga erishilgan.