Geller Svetlana Igorevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda malabsorbsiya sindromida antimikrob peptidlarning klinik-prognostik ahamiyati», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib753.
Ilmiy rahbarlar: Kamilova Altinoy Tursunbaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdugafur Axatovich, biologik fanlari doktori, professori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mal`absorbsiya sindromi bo‘lgan bolalarda antimikrob peptidlarning klinik va prognostik rolini aniqlash hamda davolash usullarini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli genezli mal`absorbsiya sindromi bo‘lgan bolalarda diareya sindromi rivojlanishining patologik jarayon lokalizatsiyasi hamda ingichka ichak membranali hazm qilish funksiyasiga bog‘liq holda ushbu sindromni davolashga turlicha yondashuvlarni talab etuvchi yetakchi mexanizmlari isbotlangan;
mukovissidozli bolalarda, ayniqsa, yallig‘lanish oldi sitokinlari yuqori ko‘rsatkichlari bilan birikkanda qon zardobi hujayralari o‘tkazuvchanligini oshiruvchi bakterisid oqsilga antitanalarda antimikrob peptidlar faolligining yuqori darajasi isbotlangan;
ilk bor seliakiya bilan og‘rigan bolalarda ichak shilliq qavati yallig‘lanish markeri hisoblanuvchi, qon zardobi hujayralari o‘tkazuvchanligini oshiruvchi bakterisid oqsilga antitanalarning yuqori ko‘rsatkichi bilan birga fekal β-defenzin 2 ning ham sezilarli o‘sishi isbotlangan;
tadqiq etilgan antimikrob peptidlarning prognostik ahamiyati belgilangan, klinik amaliyotda kasallikning og‘irlik darajasini baholash uchun ulardan foydalanish imkoniyatlari asoslangan;
kasallikning og‘irligi hamda ingichka ichak o‘tkazuvchanligining buzilish darajasiga bog‘liq holda mal`absorbsiya sindromi bo‘lgan bolalarda L-glutamin nutrisevtlari va og‘iz suti bilan davolashda oziqaviy qo‘shimchalarga individual yondashuvning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda mal`absorbsiya sindromida antimikrob peptidlarning klinik va prognostik rolini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda uchraydigan mal`absorbsiya sindromini samarali davolash usullarini takomillashtirish orqali amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida «Ichak to‘sig‘i o‘tkazuvchanligini baholash asosida bolalarda mal`absorbsiya sindromini differensial davolash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8-nr/142-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda mal`absorbsiya sindromining noinvaziv diagnostika usullarini o‘zgartirish va mal`absorbsiya sindromi bilan kechadigan kasalliklarda oziqlanishning og‘ir darajada buzilishi rivojlanishi bashoratlarini aniqlash, asosiy terapiya fonida mal`absorbsiya sindromi bo‘lgan kasalliklarni kompleks davolashda L-glutamin va og‘iz sutidan uzoq muddatli foydalanish klinik kechishiga ta’sir qilish, ingichka ichakning tuzilmali va funksional buzilishlarini kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda mal`absorbsiya sindromini tashhislash usullarini takomillashtirish orqali olingan ilmiy natijalar asosida «Mal`absorbsiya sindromi bo‘lgan bolalarda holatning og‘irlik darajasini bashoratlash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n-r/732-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda mal`absorbsiya sindromi rivojlanishining avj olishi va asoratlari shakllanish ehtimolini  diagnostik chora-tadbirlar yordamida joylarda kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda mal`absorbsiya sindromida antimikrob peptidlarning klinik va prognostik ahamiyatini aniqlash va terapiyani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, shuningdek, Buxoro va Sirdaryo viloyatlar ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 yanvardagi №08-09/82-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi mal`absorbsiya sindromi bo‘lgan bolalar hayot sifatini yaxshilash, davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning statsionarga bo‘lish chastotasini 2,3 baravar kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish