Tursunov Zarif Ruzimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «IES faol kul-toshqol aralashmasi bilan  modifikatsiyalangan portlandsement olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2054.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Mastura, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor; Iskenderov Axmed Maksedbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren IES quruq haydalgan  kul-toshqol chiqindisidan qo‘shimcha sifatida foydalanib yangi turdagi qo‘shimchali portlandsementlarni tarkiblari va energiya-resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor faol kul-toshqol aralashmasini fizik-kimyoviy, texnologik xossalari hamda sementga faol mineral qo‘shimcha  sifatida foydalanish imkoniyati ilmiy va amaliy isbotlangan; 
qo‘shimchali sementlardagi FKTA miqdori bilan sement toshining fizik-mexanik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bevosita bog‘liqliklari va  portlandsement (PS)ning maqbul tarkiblari aniqlangan;
yangi turdagi qo‘shimchali PSlarning gidratlanish jarayonida  gidratli yangi hosilalar vujudga kelishi, ularning vaqt davomida rivojlanish kinetikasi va mukammal strukturaga ega bo‘lgan sun’iy konglomerat shakllanishi ilmiy isbotlangan;  
FKTA bilan modifikatsiyalangan qo‘shimchali sementlarning qotish jarayonida  “tuyilgan klinker-faol kul-toshqol aralashmasi-gips-suv” tizimidagi fizik-kimyoviy o‘zgarishlar bilan sement toshining shakllanishi va uning fizik-mexanik xossalari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
FKTA bilan modifikatsiyalangan PS olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Faollashtirilgan kultoshqol aralashmasi  olish uchun texnik sharti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (TS 18388312-01:2019). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini bergan; 
faol kul-toshqol aralashmasi qo‘shilgan qo‘shimchali portlandsement (PS) olish texnologiyasi «Qizilqumsement» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Qizilqumsement» AJning 2021 yil 23 noyabrdagi 02/1687-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratda olinadigan qimmatbaho klinkerni 20%gacha tejash, PS400-D20 markali qo‘shimchali PSlarni tannarxini arzonlashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish