Yodgorov Chinmurot G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Orto-, meta-almashingan benzoy kislota murakkab efirlarining sintezi va xossalari»,
02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K188.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Tursunali Suyunovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maksumov Abduhamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Bozorov Xurshed Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: orto-(-OH, -NH2, -Br) va meta-(-OH, -NH2) almashingan benzoy kislotalarning alkil, karbalkoksimetil efirlari sintezi, xossalari shuningdek qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o-oksi-, o-amino-, m-oksi- va m-aminobenzoy kislotalarning alifatik va aromatik spirtlar bilan eterifikatsiya reaksiyalari FeCl3, ZnCl2, CuCl tuzlari ishtirokida olib borilib, bunda FeCl3 ning katalitik ta’siri yuqori ekanligi aniqlangan;
ilk bor o-oksi-, o-amino-, o-brom-, m-oksi-, m-aminobenzoy kislotalar natriyli tuzlarining xlorsirka kislotasi efirlari va amidi bilan aproton erituvchilar ishtirokidagi reaksiyalaridan tarkibida ikkita efir guruhi tutgan karbalkoksimetilkarboksilat, tarkibida murakkab efir va amid guruhi tutgan karbaminometilkarboksilat efirlari sintez qilingan;
ilk bor xlorsirka kislotasining efirlari va amidining reaksion qobiliyatlarini solishtirish orqali faollik qatori aniqlangan hamda efirlarning tozaligini gaz-suyuqlik xromatografiya usulida tekshirish metodikasi ishlab chiqilgan; 
olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida 42 ta yangi moddalar sintez qilingan va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari bilan isbotlangan shuningdek turli bakteriyalarga qarshi biologik faolligi aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Orto-, meta-almashingan benzoy kislota murakkab efirlarining sintezi qilish va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
biologik faol karbgeksoksimetilsalisilat va karbbenziloksimetil- antranilatlar “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ ning 2021 yil 10-sentyabrdagi 090/3964-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqava suvlaridagi mikroorganizmlarga qarshi yuqori samarador vosita yaratish imkonini bergan; 
karbgeksoksimetilsalisilat va karbbenziloksimetilantranilatlar “Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shvesariya QK MChJ amaliyotga joriy etilgan. (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shvesariya QK MChJ ning 2021 yil 05-oktyabrdagi 02/18-995-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall konstruksiyalari va qurilmalari ekspluatatsion muddatlarini oshirish imkonini bergan.
salisil va antranil kislotalarining spirtlar bilan geterogen kataliz usulidagi eterifikatsiya reaksiyalarida hamda, tuzlarining alkilgalogenidlar bilan turli aproton erituvchilar ishtirokidagi reaksiyalarida ishlab chiqilgan usullar Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyaisi Shinjon Fizika va kimyo texnologiyalari institutida bajarilayotgan ilmiy loyihalarda yangi organik birikmalar sintezlashda foydalanilgan (XXR FA Shinjon Fizika va kimyo texnologiyalari institutining 2020 yil 1-dekabrdagi 830011-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir qator yangi biologik faol birikmalar olish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish