Atashev Elyor Atashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mapkaziy Qizilqum focfopitlapi va Zinel`buloq magnezit xomashyolapi acocida magniyli azocupepfocfatlap olish texnologiyaci», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1396.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Maksud Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.T.55.06.
Rasmiy opponentlar: Zakirov Baxtiyor Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor; Normurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pact navli yuqopi kapbonatli Mapkaziy Qizilqum focfopitlapi va Zinel`buloq magnezit xomashyosi asosida magniyli azocupepfocfatlap olish texnologiyacini yapatishdan ibopat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zinel`buloq tal`k-magneziti mineralidan flotasion boyitish uculida magnezitni ajratish va unga sul`fat kislota ta’sirlashtirib MgSO4 tutgan nordon bo‘tqa olish imkoniyati asoslangan;
past navli Markaziy Qizilqum fosforitlari yordamida nordon magneziyali bo‘tqalarni neytrallashning fizik-kimyoviy asoslari aniqlangan;
past navli Markaziy Qizilqum fosforitlarini sul`fat kislota va ammoniy sul`fatning turli me’yorlarida parchalab azosuperfosfatlar olish mumkinligi isbotlangan;
Zinel`buloq tal`k-magneziti asosida olingan magnezial bo‘tqa va azosuperfosfatlar asosida tarkibida N-P-Mg-Ca-S tutuvchi yangi kompleks o‘g‘itlar olish imkoniyati asoslangan;
N-P-Mg-Ca-S turidagi yangi kompleks o‘g‘itining ozuqa komponentlari miqdorlari, fizik-mexanik va tovar xossalari aniqlangan;
past navli Markaziy Qizilqum fosforitlari va Zinel`buloq tal`k-magnezit koni asosida magniyli azosuperfosfat o‘g‘itlarini ishlab chiqarishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pact navli yuqopi kapbonatli Markaziy Qizilqum focfopitlapi va Zinel`buloq koni tal`k-magnezitidan magniyli azosuperfosfat o‘g‘itlari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
focfopit, magnezit, cul`fat kiclota va ammoniy cul`fat ishtipokida magniyli azocupepfocfat o‘g‘it olish texnologiyaci «Elektpokimyozavod» AJ QKning «2025-2029 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («O‘zkimyocanoat» AJning 2022 yil 4 fevraldagi 23-3-374-con ma’lumotnomaci). Natijada, respublikamizga import hisobiga kirib keltirilayotgan magniy-fosfatli o‘g‘itlar o‘rnini bosuvchi o‘g‘it olish imkonini beradi;
Magnezit va Qizilqum fosforiti asosida tarkibida N-P-Mg-Ca-S-tutgan murakkab o‘g‘it olish texnologiyasi Elektpokimyozavod» AJ QKning «2025-2029 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («O‘zkimyocanoat» AJning 2022 yil 4 fevraldagi 23-3-374-con ma’lumotnomaci). Natijada, paxta va bug‘doy urug‘larini unib chiqishi energiyasi va unuvchanligiga ijobiy ta’sir etadigan murakkab o‘g‘it olish imkonini beradi.