Alimnazarov Bekmurod Xurramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «4-xlor- va 2,4-dixlorfenoksisirka kislotalarining metall komplekslari sintezi va kristall tuzilishlari», 02.00.01 – Noorganik kimyo, 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K429.
Ilmiy rahbarlar: Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Baktiyarovich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor;  Kattaev Nuritdin To‘raevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 4-xlor- va 2,4-dixlorfenoksisirka kislotalarining Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II), Cd(II) ionlari bilan metallokompleks birikmalarining sintezi, ularning tarkibi, kristall tuzilishi hamda fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 4-xlor- va 2,4-dixlorfenoksisirka kislotalarining Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II), Cd(II) metall kationlari bilan 21 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
sintez qilingan aralash ligandli yangi kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va metall ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari element, RSA, DSK, IQ-, Raman spektroskopik analiz usullari yordamida aniqlangan;
[Cu(2,4-D)2(Py)2H2O] va [Cu2(2,4-D)4(DMSO)2]∙DMSO tarkibli kompleks birikmalar asosida tuproq unumdorligi hamda paxta hosildorligini oshiruvchi yangi samarali stimulyatorlar sintez qilingan; 
misli komplekslardagi stereokimyoviy va elektron ta’sirlar hamda Yan-Teller effekti hisobiga metall-DMSO molekulasidagi kislorod bog‘larining uzayishi tufayli tetragonal-piramida tuzilishidagi markaziy atomning koordinatsion soni beshga teng bo‘lgan sp3d gibridlanishli komplekslar hosil bo‘lishi aniqlangan;.
Xirshfel`d sirt tahlilida H···Cl/Cl···H, H∙∙∙H va O∙∙∙H/O∙∙∙H ta’sirlari ko‘proq kuzatilgan hamda molekulalararo ta’sirlashish energiyalari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
4-xlor- va 2,4-dixlorfenoksisirka kislotalarining d-metallar bilan komplekslari sintezi, kristall tuzilishi hamda biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Cd(2,4-D)4·(En)·0,6H2O], [Cu(2,4-D)2(Py)2H2O] va [Cu2(2,4-D)4(DMSO)2]∙DMSO tarkibli kompleks birikmalarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk/conts/retrievihg.html CCDC depozit raqami 2114698, 2124826, 2124827). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
2,4-dixlorfenoksisirka kislotaning metallokomplekslari “NOVA FARM” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“NOVA FARM” MChJning 2021yil 22 dekabrdagi 277-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida Zn(II) ioni saqlagan 2,4-dixlorfenoksisirka kompleksi yalig‘lanishga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalariga eritma ko‘rinishida 0,5 % gacha qo‘shilganda, ularning ta’sir samaradorligini oshirish imkonini bergan;
yangi kompleks birikmalar sintez usullari, ularning tarkibi va tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlardan 2017-2020 yillarda bajarilgan №FA-F7-012 “Polifunksional ta’sirli qator metallarning aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishlarining o‘ziga xosligi, reaksiya qobiliyatlari va biologik xossalarining ilmiy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihada metallo-kompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2021 yil 22 noyabrdagi 4-1255-3261-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi kompleks birikmalarni olish va fazoviy tuzilishi hamda xossalarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish