Alimdjanov Nozimjon Nimadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er resurslarining landshaft-ekologik holatini baholash va uni takomillashtirish yo‘llari (Namangan viloyati misolida)», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2021.3.PhD/Gr109.
Ilmiy rahbar: Axmadaliev Yusupjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kenderbaevich, geografiya fanlari doktori; Alimqulov Nusratilla Raxmonqulovich, geografiya fanlari nomzodi., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan viloyati er fondi tabiiy-landshaft tarkibini o‘zgarish darajasi, ekologik-xo‘jalik balansidagi yillik va hududiy o‘zgarishlar dinamikasini aniqlash orqali erdan foydalanishning samarali yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududnig ekologik-xo‘jalik holatini baholash uslubiyoti ArcGIS dasturlaridan foydalanib, sug‘oriladigan hududlarning mintaqaviy xususiyatlarni e’tiborga olib takomillashtirilgan;
Namangan viloyati hududining tabiiy-landshaft tabaqalanishi ma’muriy tumanlari bo‘yicha o‘tkazilgan, har bir tumanda er fondi toifa va turlari landshaft tabiiy tarkibini o‘zgarish darajasi hamda antropogen yuk ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekologik gomogen guruhlarga ajratilgan, o‘zgarish dinamikasi aniqlangan va shu asosda bashoratli kartalar ishlab chiqilgan;
Namangan viloyati hududi ekologik-xo‘jalik jihatidan zo‘riqish darajasi bo‘yicha rayonlashtirilgan, ekologik-xo‘jalik xolatni murakkablashishiga sabab bo‘lgan omillarning genezisi, salmog‘i aniqlangan, ekologik-xo‘jalik holatni optimallashtirishning hududiy jihatlari asoslangan;
viloyatda qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishning istiqboldagi er tuzish ishlarida qo‘llash uchun landshaftlarning agroirrigatsion, agrokimyoviy, agrotexnik ta’sir turlariga chidamlilik darajasini hisobga oluvchi landshaftli rejalashtirish tamoyillariga asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namangan viloyati er resurslarining landshaft-ekologik holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududning ekologik-xo‘jalik holatini baholashning ArcGIS dasturlaridan foydalanish hamda, sug‘oriladigan hududlarning mintaqaviy xususiyatlarini e’tiborga olib takomillashtirilgan uslubiyoti viloyat sug‘oriladigan erlarni baholash amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2021 yil 14 dekabrdagi 04-07062-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini aniqlashda ekologik holatni hisobga olish imkonini bergan;
Namangan viloyati hududining tabiiy-landshaft tabaqalanishi, tumanlarda er fondi toifa va turlari landshaft tabiiy tarkibini o‘zgarish darajasi hamda antropogen yuk ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekologik gomogen guruhlarga bo‘lish, o‘zgarish dinamikasi va xaritalardan viloyat er fondidan foydalanish monitoringini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 03-02/8-1973-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda amaldagi erdan foydalanish holatini so‘ngi 20 yildagi va ma’muriy tumanlar, landshaft turlari o‘rtasidagi o‘zgarish va tafavutlar hamda uning sabablarini aniqlash imkonini bergan;
Namangan viloyati hududini ekologik-xo‘jalik jihatidan zo‘riqish darajasi bo‘yicha rayonlashtirish to‘ridan viloyatda er fondini ekologik-xo‘jalik holatni optimallashtirishning hududiy tafovutlarini aniqlashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 03-02/8-1973-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’muriy tumanlarni ekologik-xo‘jalik jihatidan zo‘riqish darajasi yuqori, o‘rta, past guruhlarga ajratish, optimallashtirishning tabaqalashtirilgan istiqbolli rejasini ishlab chiqish imkonini bergan;
viloyatda qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishning istiqboldagi er tuzish ishlarida qo‘llash uchun landshaftlarning agroirrigatsion, agrokimyoviy, agrotexnik ta’sir turlariga chidamlilik darajasini hisobga oluvchi landshaftli rejalashtirish sxemasidan er tuzish amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2021 yil 14 dekabrdagi 04-07062-son ma’lumotnomasi). Natijada, kishloq xo‘daligi er turlarini (sug‘oriladigan haydov erlar, ko‘p yillik daraxtzorlar bog‘ va uzmzorlar, bo‘z, pichanzor, yaylov...) hududiy joylashtirishda landshaft imkoniyatlarini hisobga oluvchi rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish imkonini bergan.