Jo‘raboev Fozil Mamasolievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asetilen spirtlari, kislotalari va ularning hosilalari sintezi, xossalari, qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K198.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.16/30.12.2019.T.87.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Maxsumov Abduxamid Gofurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nurqulov Fayzullo Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atsetilen spirtlari asosida atsetilen gidroksikislotalari, aminospirtlari va ularning hosilalarini olish hamda ularning tuzilishi, fizik-kimyoviy doimiylikliklari, kvant-kimyoviy xossalari va qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor uchlamchi atsetilen spirtlari va monoxlorsirka kislotasi asosida atsetilen gidroksikislotalari sintezi amalga oshirilgan va ularni hosil bo‘lish mexanizmi aniqlangan;
atsetilen spirtlari, paraformal`degid, monoetanolamin, dietanolamin, morfolinlar asosida atsetilen aminospirtlari va ularning efirli hosilalari sintez qilingan;
mahsulot unumiga harorat, katalizator, reaksiya davomiyligi hamda reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatining ta’siri aniqlangan;
sintez qilingan atsetilen gidroksikislotalari va aminospirtlari qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun samarali stimulyatorlik va gerbisidlik xossalariga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asetilen spirtlari, kislotalari va ularning hosilalari sintezi, xossalari, qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
atsetilen aminospirtlari va atsetilen gidroksikislotasi stimulyator sifatida Namangan viloyati Chortoq tumani «Usmonjon Dilorom Dilfuza» fermer xo‘jaligi paxta dalasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02/021-4051-son ma’lumotnomaci). Natijada «S-8295» va «Andijon-36» navli paxta chigitning unib chiqishi, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etib, paxta hosildorligini 3,3-6,4 s/ga ga oshirish imkonini bergan;
sintez qilingan 5-gidroksi-5-metilgeksin-3 kislota va 5-(2,2/-digidroksidietilamino-2-metilpentin-3-ol-2 birikmalari donli ekinlar uchun stimulyator sifatida Namangan viloyati sharoitida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02/021-4051-son ma’lumotnomaci). Natijada, «Bobur» navli bug‘doy urug‘ining unuvchanligini 6,5 - 9,8 % gacha, hosildorligini 5,8 - 7,6 s/ga gacha oshirish imkonini bergan;
atsetilen gidroksikislotalari va aminospirtlarini ishlab chiqilgan sintez qilish usuli Rossiya Federatsiyasi Surgut Davlat universitetining maqsadli loyixalari tadqiqot ishlarida foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Surgut davlat universitetining 2021 yil 5 iyuldagi № 03-01-331- son ma’lumotnomasi). Natijada kislorod tutgan yangi organik birikmalar sintez qilish imkonini bergan.