Shirinova Feruza Atxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Masofaviy ta’lim vositasida tibbiyot-farmatsevtika yo‘nalishi talabalarining mustaqil o‘quv-biluv faoliyatini loyihalashtirish» 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2512
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Xadicha, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi masofaviy ta’lim vositasida tibbiyot-farmatsevtika yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidan mustaqil o‘quv-biluv faoliyatini rivojlantirishni loyihalashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot-farmatsevtika yo‘nalishi talabalarining mustaqil o‘quv-biluv faoliyati ularning individual hususiyatlari, moslashuvchanligi, refleksiv va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik interferensiyasini doimiy ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil o‘quv-biluv faoliyati sohaviy chet tili ko‘nikmalarini tabaqalashtirilgan umumsohaviy, autentik, differensial-ijodiy, integrativ-faoliyatli, tibbiyot-farmatsevtik kontentlarga muvofiqligi differensial yondashuv integratsiyasini ichki va tashqi omillar idientligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
masofaviy ta’lim sharoitida talabalarning mustaqil o‘quv-biluv faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlik va chet tillari ko‘nikmalarini loyihalash mexanizmlarini individual, mustaqil, ta’lim sub’ektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil o‘quv-biluv faoliyati samaradorligi chet tilini o‘qitish imkoniyatlari, masofaviy ta’limni tashkil etishning ijtimoiy parametrlariga muvofiqligi, elektron pochta, forumlar va suhbatlar orqali muloqot qilish uchun sharoit yaratishga ijtimoiy va individual sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot-farmatsevtika yo‘nalishi ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning mustaqil o‘quv-biluv faoliyatini masofaviy ta’lim vositasida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar asosida:
tibbiyot-farmatsevtika yo‘nalishi talabalarining mustaqil o‘quv-biluv faoliyati ularning individual hususiyatlari, moslashuvchanligi, refleksiv va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik interferensiyasini doimiy ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “English for pharmacists Module 1 Social and professional interaction” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan berilgan 418-119-son nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot-farmatsevtika yo‘nalishining birinchi bosqich talabalarini ingliz tili ko‘nikmalarini mustaqil rivojlantirish imkoni oshirilgan;
talabalarning mustaqil o‘quv-biluv faoliyati sohaviy chet tili ko‘nikmalarini tabaqalashtirilgan umumsohaviy, autentik, differensial-ijodiy, integrativ-faoliyatli, tibbiyot-farmatsevtik kontentlarga muvofiqligi differensial yondashuv integratsiyasini ichki va tashqi omillar idientligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Britaniya Kengashining “EnSPIRE-U” va “TELL” loyihalarida nofilologik yo‘nalishlar uchun maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish «ESP Curriculum» namunaviy dasturini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 iyuldagi 89-03-5139-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili fanidan o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy materiallari takomillashtirish va talabalarning mustaqil o‘quv-biluv faoliyatini rivojlantirish imkoni oshirilgan;
masofaviy ta’lim sharoitida talabalarning mustaqil o‘quv-biluv faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlik va chet tillari ko‘nikmalarini loyihalash mexanizmlarini individual, mustaqil, ta’lim sub’ektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “English for pharmacists Module 1 Social and professional interaction” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan berilgan 418-119-son nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiy-farmatsevtik terminlar yordamida talabalarning ingliz tilini sohaviy maqsadlarda mustaqil o‘rganishlariga va bilim darajalarini oshishiga erishilgan;
talabalarning mustaqil o‘quv-biluv faoliyati samaradorligi chet tilini o‘qitish imkoniyatlari, masofaviy ta’limni tashkil etishning ijtimoiy parametrlariga muvofiqligi, elektron pochta, forumlar va suhbatlar orqali muloqot qilish uchun sharoit yaratishga ijtimoiy va individual sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “English for pharmacists Module 1 Social and professional interaction” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan berilgan 418-119-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarining ingliz tilidan mustaqil o‘quv-biluv faoliyatini baholash mezonlarini takomillashtirishga erishilgan.