Omanova Mubora Abdurazakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Istiqlol davri o‘zbek romanlarida shayx valiylar obrazining badiiy talqinlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1274
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jabborov Nurboy Abduhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqlol davri o‘zbek romanlarida yaratilgan shayx valiylar obrazlarining yangicha badiiy talqinlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va o‘zbek adabiyotida Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Pahlavon Muhammad, Alisher Navoiy kabi so‘fiylar siymosining yaratilishida shayx valiylarning g‘ayritabiiy tug‘ilishi, dunyoqarashining nazar ostida yuksalib borishi, pir homiyligida ma’naviy-ruhiy kamol topishi va ezgu amallarga kamarbasta bo‘lishi singari omillar asos bo‘lganligi aniqlangan;
shayx-valiylar siymosi tasvirlangan Sa’dulla Siyoevning “Ahmad Yassaviy”, To‘lqin Hayitning “Buroq vodiysi yoxud Bahouddin Naqshband qissasi” singari tarixiy-biografik romanlarning genetik ildizlari jahon adabiyotidagi agiografiya, hayotnoma, biografik portret, Qur’oni karim, hadisi sharif ruhi va o‘zbek adabiyotidagi holot, qissa, manoqib, doston singari janrlarga tutashib borishi dalillangan;
Asad Dilmurodning “Pahlavon Muhammad” tarixiy-biografik romani tasvir yo‘siniga ko‘ra o‘zida ham ochiq ham yopiq romanlarga xos xususiyatlarni aralash holda namoyon etganligi, Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanida inson umrining mazmuni tabiat-jamiyat-inson uchligi (triadasi)ning munosabatlarini xarakterlar qismati misolida ko‘rsatganligi ochib berilgan;
jahon adabiyotidagi mavzuga oid asarlarning iymonsizlik, axloqiy nopoklik, qasoskorlik va qotillik aks etgan tasvirlariga, johiliyat davri va ayrim kul`tlarga aloqador motivlarga, individualizm belgilari yorqin namoyon bo‘lgan o‘rinlarga, e’tiqodi va ilmi-a’moli zalolatda bo‘lgan riyokor shaxslar adabiy qahramon sifatida tanlanib, din ulamolari obrazi va turmush tarzining satirik planda tasvirlanishi kabi xususiyatlariga ergashib bo‘lmasligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Istiqlol davri o‘zbek romanlarida shayx-valiylar obrazining badiiy talqinlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon va o‘zbek adabiyotida Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Pahlavon Muhammad, Alisher Navoiy kabi so‘fiylar siymosining yaratilishida shayx valiylarning g‘ayritabiiy tug‘ilishi, dunyoqarashining nazar ostida yuksalib borishi, pir homiyligida ma’naviy-ruhiy kamol topishi va ezgu amallarga kamarbasta bo‘lishi talqinlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan OT-F1-80 raqamli “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 5 iyuldagi 3/1255-1961-son ma’lumotnomasi). Natijada istiqlol davri romanlarida obraz genezisi va takomili, ijodkor poetik mahorati muammolarini aniqlashga erishilgan;
shayx-valiylar siymosi tasvirlangan Sa’dulla Siyoevning “Ahmad Yassaviy”, To‘lqin Hayitning “Buroq vodiysi yoxud Bahouddin Naqshband qissasi” singari tarixiy-biografik romanlarning genetik ildizlari jahon adabiyotidagi agiografiya, hayotnoma, biografik portret, Qur’oni karim, hadisi sharif ruhi va o‘zbek adabiyotidagi holot, qissa, manoqib, doston singari janrlarga tutashib borishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan OT-F1-77 raqamli “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 5 iyuldagi 3/1255-1961-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek romanchiligida yangilangan adabiy-estetik tafakkurning in’ikos etishi, tabarruk insonlar va ular ilgari surgan ma’rifiy g‘oya, ularning ahamiyati singari ilmiy natijalar XX asr o‘zbek nasri durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qilgan, loyiha ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Asad Dilmurodning “Pahlavon Muhammad” tarixiy-biografik romani tasvir yo‘siniga ko‘ra: o‘zida ham ochiq ham yopiq romanlarga xos xususiyatlarni aralash holda namoyon etganligi, Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanida inson umrining mazmuni: tabiat – jamiyat – inson uchligi (triadasi)ning munosabatlarini xarakterlar qismati misolida ko‘rsatganligi ochib berilganligi haqidagi nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ijodiy kengashi yillik va istiqbolli rejalari doirasida 2019-2021 yillardagi hisobot yig‘ilishi dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 4 maydagi 01-03/622-son ma’lumotnomasi). Natijada Istiqlol davri o‘zbek romanlarida tarixiy-adabiy qahramonlarni keskin qutblantirish chuqurlashgan, milliy romanchilikning yutuq va nuqsonlarini belgilash imkoni yuzaga kelgan;
jahon adabiyotidagi mavzuga oid asarlarning iymonsizlik, axloqiy nopoklik, qasoskorlik va qotillik aks etgan tasvirlariga; johiliyat davri va ayrim kul`tlarga aloqador motivlarga; individualizm belgilari yorqin namoyon bo‘lgan o‘rinlarga; e’tiqodi va ilmi-a’moli zalolatda bo‘lgan riyokor shaxslar adabiy qahramon sifatida tanlanib, din ulamolari obrazi va turmush tarzining satirik planda tasvirlanishi kabi xususiyatlariga ergashib bo‘lmasligi bilan bog‘liq tahliliy fikr-xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 30 apreldagi 04-25-655-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlar ilmiy jihatdan boyitilib, milliy romanchiligimiz yutuqlari keng ommaga havola etilgan.