Karimova Madina Botirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek ayollari turmush tarzida islom dini (Farg‘ona vodiysi misolida)”, 07.00.07  – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar67.
Ilmiy rahbar: Adhamjon Azimbaevich Ashirov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori, professor; Abdulahatov Nodirbek Uraimovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek ayollari kundalik turmush tarzida islom dinining tutgan o‘rni, xotin-qizlar ishtirokida o‘tkaziladigan marosimlarning tarixiy asoslari, rivojlanish bosqichlari va Farg‘ona vodiysiga xos xususiyatlarini etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi ayollari kundalik turmush tarzida milliy va islomiy qarashlarning uyg‘unlashuvi mazmuni kategorial munosabatda barqaror tabiatga ega bo‘lgan marosimiy dunyoqarash simbiozi ekanligi ochib berilgan;
o‘zbek ayollari orasida keng tarqalgan Bibiseshanba, Mushkulkushod, Mavlud, Ashuro marosimlari (vaqti, tartibi, ramzlar va taomlar)da qadimgi diniy kul`tlar va islomiy qarashlar, tabiat haqidagi ekologik bilimlar hamda kundalik hayotdagi muammolar echimiga qaratilgan psixologik qarashlar uyg‘unlashganligi dalillangan;
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Do‘sti Xudo pirim ziyoratgohidagi Arg‘uvon guli (Afghan redbud)ning bahorda pushti rangda ochilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Guli armug‘on” marosimi tabiat kul`ti, ayol iloha (Anaxita) bilan birga islomiy an’analar(qur’on oyatlarini o‘qilishi, qurbonlik, zikr) qorishuvi asosidagi ayollarga xos etnolokal marosim ekanligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysida Muhammad (s.a.v.) avlodlari bilan bog‘liq Safedbulon (Qirg‘iziston Respublikasi Jalalabod viloyati Olabuqa tumani), Bibi Ubayda (Farg‘ona viloyati Buvayda tumani) va Xoji Baror (Farg‘ona viloyati Oxunboboev tumani) ziyoratgohlaridagi xotin-qizlar bilan bog‘liq turli ashyolar (tosh, daraxt, kokil) va ayol ilohalar bilan bog‘liq xalq og‘zaki ijodi (rivoyat, asotir, afsona) ma’lumotlari mahalliy  ayollarga taskin, umid berishi kabi ruhiy-psixologik ta’sir etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek ayollari turmush tarzida islom dini (Farg‘ona vodiysi misolida) mavzusidagi olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:   
O‘zbek ayollari turmush tarziga ta’sir etgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarning islom dini va “ayol muammosi”, ayollar ishtirokida o‘tkaziluvchi marosimlarning kelib chiqishi, muqaddas ziyoratgohlarning diniy-maishiy hayotda tutgan o‘rni hamda an’anaviy urf-odat va marosimlarga oid tadqiqot natijalaridan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining adabiyot va xalq amaliy san’at bo‘limi fondini shakllantirishda hamda ko‘rgazma tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Madaniyat vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 03-12-08-621-son dalolatnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysi ayollari ishtirokida o‘tkaziluvchi “Guli armug‘on” marosimi, ziyoratgohlar bilan bog‘liq qarashlar, ayollar ziyorati etnografik materiallar asosida targ‘ib etilgan;
Farg‘ona vodiysi aholisining an’anaviy urf-odat, marosimlariga tegishli materiallarning xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Namangan mintaqaviy filialida diniy-ma’rifiy soha xodimlari, xususan, otinoyilar va jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan targ‘ibotchi ayol-qizlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyat vakilligi tomonidan mahalliy otinoyilar va xotin-qizlar uchun o‘tkazilgan “Qizlar odobi”, “Oila farog‘at qasri”, “Globallashuv jarayonida qizlar tarbiyasi” kabi tadbirlarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 26 martdagi 02-03/1897-son dalolatnomasi). Natijada ayollar turmush madaniyatini yuksaltirish hamda mavjud muammolarni hal etish yo‘llarini belgilab olishga yordam bergan;
XX asr davomida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning o‘zbek ayollari turmush tarziga ta’siriga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Etno…”  ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2021 yil 31 martdagi 01-40-479-son dalolatnomasi). Natijalar islom va ayol, islom dinida ayolga bo‘lgan munosabat, muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlarda ayollar ziyorati, oila va islom masalalariga xos tarixiy qadriyatlar, urf-odatlar va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlariga targ‘ib qilishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish