Sultanova Lola Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Xitoy tilining tibbiyot terminologiyasi (jarrohlik terminlari misolida)”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil.1293.
Ilmiy rahbar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Ablat, tarix fanlari doktori; Mirzaxmedova Xulkar Vosilovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi xitoy tili jarrohlik terminlari misolida so‘z yasalishi va termin hosil qilishning mahsuldor usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xitoy tibbiyot terminologiyasi, uning terminlarga aylanayotgan tushunchalari xitoy an’anaviy tibbiyoti va g‘arb tibbiyotining simbiozi (uyg‘unlashuvi) fonida yaratilganligi, birinchi navbatda, atamalarni standartlashtirish va identifikatsiyalashda o‘z aksini topganligi asoslangan;
jarrohlik sohasidagi tibbiy atamalar tilning leksik-semantik tizimining ajralmas qismi ekanligi dalillanib, uning asosida terminlarni hosil qilishning samarali usullari so‘zlar qo‘shilishi, affiksatsiya (prefiksatsiya va suffiksatsiya), qisqartirish va o‘zlashtirish kabilar ekanligi aniqlangan;
临床术语 [línchuáng shùyǔ] klinik terminologiya doirasida jarrohlik terminlari aniqlanib, jarrohlik sohasining leksik-semantik maydonini tashkil qiluvchi terminlarning tematik va leksik-semantik jihatlari asoslangan;
tibbiyot fanlari va sog‘liqni saqlash sohalarida ruxsat etilgan ma’no hamda ta’riflarni hisobga olgan holda, 中国实用外科杂志 («Xitoy amaliy jarrohlik katalogi») bo‘yicha instrumentariyning xitoy tilidagi jarrohlik terminlari, eponimlari va nominatsiyalarining semantik muqobillari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy tilining tibbiyot terminologiyasini (jarrohlik terminlari misolida) tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
xitoy tilidagi so‘z yasalishi masalalarini tahlil qilish jarayonida olingan ilmiy-nazariy natijalardan Xitoy Xalq Respublikasi Shimoli-g‘arbiy millatlar universitetining «乌兹别克民族来源历史»翻译出版 «O‘zbek xalqining kelib chiqishi tarixi» mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (XXR Shimoli-g‘arbiy millatlar universitetining 2019 yil 4 dekabrdagi 7-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar zamonaviy xitoy tilida so‘zning yasalishini yoritish va yaxlit holda hosila so‘zning etimologiyasini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
maxsus terminlar, xususan, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida tibbiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikning kengayishi munosabati bilan tibbiyot nomlarini o‘rganishga oid nazariy hamda amaliy materiallardan 5120100 – «Filologiya va tillarni o‘qitish» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «Xitoy tili leksikologiyasi» o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son ma’lumotnomasi). Natijada, xitoy tili, jumladan, tibbiyot terminologiyasi haqida to‘liqroq ma’lumotlar etkazilib, bakalavriat bosqichi talabalarining bilim darajasini oshirishga nazariy va amaliy yordam bergan;
til hodisalari, xususan, xitoy tili tibbiyot terminologiyasidagi affiksatsiya (prefiksatsiya va suffiksatsiya)ni o‘rganishga oid tahliliy xulosalardan Konfusiy nomidagi O‘zbek-xitoy institutining ilmiy faoliyatida va dars jarayonida qo‘llanilgan (Konfusiy nomidagi O‘zbek-xitoy institutining 2021 yil 15 yanvardagi 2-son ma’lumotnomasi). Tibbiyot terminlarini tushuntirish va ularni affiksatsiya (prefiksatsiya va suffiksatsiya) orqali hosil qilish tatbiq qilingan materiallar xitoy tilini chuqur o‘rgatishga hamda o‘quvchilarda xitoy tibbiyot terminlarini tarjima qilish bo‘yicha muayyan ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish