Raxmatova Mexrinoz Majitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda siyosiy institutlarning o‘rni (Ijtimoiy-falsafiy tahlil)», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal145.
Ilmiy rahbar: Muxammadieva Oynisa Mustafakulovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaeva Saida Sobitxonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Cuvanov Ilhom Abdixalilovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda siyosiy institutlarning rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqimizga xos bo‘lgan jo‘mardlik, jiddiylik, haqiqiy turkiy himmatga egalik, bir-birining taqdiriga dahldorlik kabi mental xususiyatlar va insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi axloqiy tamoyillar uyg‘unligiga erishish yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirishning akseologik, madaniy, ma’naviy asoslari ekanligi ochib berilgan;
ma’naviy yuksalishning asosiy omillari sifatida sabab va oqibat, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik kabi falsafiy kategoriyalar olinib, ijtimoiy hayotda fikrlar plyuralizmi, zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi davlat va jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlari o‘zaro aloqadorligiga erishishda yoshlar faoliyatida vorisiylikka e’tibor qaratilishining o‘rni asoslangan;
yoshlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning globallashuv sharoitidagi zamonaviy siyosiy institutlarning faoliyatidagi mutanosiblikka erishish, rahbarlik madaniyati, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni baholay olish, yangi fikr va fan yutuqlarini hisobga olgan holda o‘zining shaxsiy munosabati va yondashuviga ega bo‘lish, keng gumanitar tayyorgarlikni ta’minlashga oid ob’ektiv imkoniyatlarning ijtimoiy-falsafiy jihatlari ochib berilgan;
yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga tizimli yondoshish amaliyotini innovatsion-virtual xususiyati, kommunikativ – shaxslararo munosabatlarning faol sub’ekti sifatida muloqotga kirishish mohiyati, epistemologik – olingan bilimlarining ishonchlilik darajasi bilan bog‘liq ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda siyosiy institutlarning o‘rni bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
xalqimizga xos bo‘lgan jo‘mardlik, jiddiylik, haqiqiy turkiy himmatga egalik, bir-birining taqdiriga dahldorlik kabi mental xususiyatlar va insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi axloqiy tamoyillar uyg‘unligiga erishish yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirishning akseologik, madaniy, ma’naviy asoslari ekanligi ochib berilgan xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ijrosida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 23 apreldagi 01/07-436-son ma’lumotnomasi). Natijalar, yoshlarni bugungi kunda mamlakatimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni anglab, ijtimoiy faol bo‘lish, kasb-hunar egallash sari undashga, ularning ma’naviy-siyosiy dunyoqarashi yuksalishiga hamda falsafiy mushohadasining kengayishiga xizmat qilgan;
ma’naviy yuksalishning asosiy omillari sifatida sabab va oqibat, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik kabi falsafiy kategoriyalar olingan va ijtimoiy hayotda fikrlar plyuralizmi, zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi davlat va jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlari o‘zaro aloqadorligiga erishishda yoshlar faoliyatida vorisiylikka e’tibor qaratilishining o‘rni asoslangan tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida 2021 yil 26 martdagi PQ-4050-sonli qarorning ijrosi: «Ilm-fan, san’at va madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va fidoyi yoshlar o‘rtasida «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 23 apreldagi 01/07-436-son ma’lumotnomasi). Natijalar Yangi O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashida yangi g‘oyalar, qadriyatlar bilan milliy-siyosiy jihatdan ijtimoiylashuv jarayonini rivojlantirishga xizmat qilgan;
yoshlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning globallashuv sharoitidagi zamonaviy siyosiy institutlarning faoliyatidagi mutanosiblikka erishish, rahbarlik madaniyati, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni baholay olish, yangi fikr va fan yutuqlarini hisobga olgan holda o‘zining shaxsiy munosabati va yondashuviga ega bo‘lish, keng gumanitar tayyorgarlikni ta’minlashga oid ob’ektiv imkoniyatlarning ijtimoiy-falsafiy jihatlari ochib berilgani O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va Yoshlar parlamenti loyihasi bo‘yicha vazifalarni bajarishda, jumladan, 30 iyun` – Yoshlar kuni munosabati bilan «Yoshlar – kelajak bunyodkorlari» aksiyasini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 21 apreldagi 04/02-94-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning ma’naviy, siyosiy hayotida siyosiy partiyalar faoliyatining tobora yuksalib borishi demokratik islohotlarni yanada izchil amalga oshirish, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada yuksaltirish hamda yurtimizda «Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash»ni shakllantirishga muhim omil bo‘lib xizmat qilgan;
yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga tizimli yondoshish amaliyotini innovatson-virtual xususiyati, kommunikativ – shaxslararo munosabatlarning faol sub’ekti sifatida muloqotga kirishish mohiyati, epistemologik – olingan bilimlarining ishonchlilik darajasi bilan bog‘liq ekanligi asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi: O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatini rivojlantirish, faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish bo‘yicha umumta’lim muassasalarida «Munozara» klublarini tashkil etish va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tuman turnirlarini tashkil qilishda hamda Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida ijodiy ishlar tanlovlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 3 maydagi 4-13-23-1150-son ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakatimizdagi siyosiy institutlarning yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularda kuchli fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yuksaltirish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan.