Najimova Aysara Duysenbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqini o‘stirishga xizmat qiluvchi mashqlar tizimi (ta’lim qoraqalpoq va o‘zbek tillarida olib boriladigan boshlang‘ich sinflar misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped723.
Ilmiy rahbar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Nukus davlat pedagogika instituti. 
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nisanbaeva Akmaral Kaldibaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim qoraqalpoq va o‘zbek tillarida olib boriladigan boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga xizmat qiluvchi mashqlar tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqiy kompetensiyacini rivojlantirish jarayonida talaffuz va imlo qoidalari nutqning to‘g‘riligini ta’minlashga, so‘zlar, morfologik shakllar, sintaktik qurilmalar esa nutqni boyitishga xizmat qilishi aniqlanib, o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish dinamikasi asoslangan;
nutq o‘stirishning korreksiyalash metodikasi o‘quvchilar uchun yangi (notanish) til hodisalarini nofaol – resepsiya (o‘qib yoki eshitib tushunish) darajasidagina o‘zlashtirishga yordam beruvchi kompleks modifikatsion mashqlar tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
so‘z birikmalari va gaplar tuzish, matn mazmunini qayta hikoya qilish, berilgan mavzuda so‘zlash kabi mashq turlarining strukturasi va bajarish metodikasiga pragmatik (ifodali) nutqni kiritish orqali reproduktiv va mahsuldor mashqlar tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan model` yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini yangi so‘zlar, zarur til birliklari bilan boyitish, darslikdagi mashq materiallaridan mazkur til hodisalarini ajratish, ularni mavzularga birlashtirish yo‘llari, kognitiv-pragmatik, kommunikativ va integrativ yondashuvlar asosida nutqiy va lingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan produktiv mashq turlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga xizmat qiluvchi mashqlar tizimi  yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqiy kompetensiyacini rivojlantirish jarayonida talaffuz va imlo qoidalari nutqning to‘g‘riligini ta’minlashga, so‘zlar, morfologik shakllar, sintaktik qurilmalar esa nutqni boyitishga xizmat qilishi, o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish dinamikasini aniqlash,  darsliklarda mashq turlari  asosan reseptiv xarakterda ekanligi, ular o‘quvchilar uchun yangi (notanish) til hodisalarini nofaol – resepsiya (o‘qib yoki eshitib tushunish) darajasidagina o‘zlashtirish kabi kompleks modifikatsion mashqlar tizimini ishlab chiqish orqali nutq o‘stirishning korreksiyalash metodikasi takomillashtirishga doir takliflardan «Tarbiya» fani Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 19 apreldagi 03/03-462-son ma’lumotnomasi). Natijada, kommunikativ, kompetensiyaviy, farqli hamda bir qator xususiy yondashuv va prinsiplar asosida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar va amaliy materiallar ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini yangi so‘zlar, zarur til birliklari bilan boyitish, darslikdagi mashq materiallaridan mazkur til hodisalarini kognitiv-pragmatik, kommunikativ va integrativ yondashuvlar asosida nutqiy va lingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir  taklif va tavsiyalardan  ITD-1-07 raqamli «Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish» loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika  universitetining 2021 yil 26 fevraldagi 02/07-117/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ, kompetensiyaviy nutqini o‘stirish samaradorligini ta’minlashga erishilgan; 
so‘z birikmalari va gaplar tuzish, matn mazmunini qayta hikoya qilish, berilgan mavzuda so‘zlash kabi mashq turlarining strukturasi va bajarish metodikasida pragmatik (ifodali) nutqni shakllantirish (gaplarni qayta tuzish, mustaqil bayon qilish) orqali reproduktiv va mahsuldor mashqlar tizimining samaradorligini oshirishga doir taklif va tavsiyalardan FZ-2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» (2017–2020 yy.) fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2020 yil 18 sentyabrdagi 118-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga doir o‘quv materiallari tizimlashtirilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish