Miraxmedov Jaxongir Muxsinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning milliy-ma’naviy xavfsizlik strategiyasini ta’minlashda tarixiy ongning ahamiyati»: 09.00.04 – «Ijtimoiy falsafa» (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal217.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qo‘chqorov Vahob Hoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: G‘ofurov Nizomjon Oktyabrovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent; Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning milliy-ma’naviy xavfsizlik strategiyasini ta’minlashda tarixiy ongning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy-ma’naviy xavfsizlik tizimi o‘zgarayotgan sotsial jarayonlarda tarixiy ongning yaxlitligini ta’minlashga asosiy yo‘naltiruvchi kuch vazifasini o‘tab beruvchi faktorlar o‘zaro aloqadorlik, ob’ektivlik, tizimlilik, mantiqiylik asosida an’anaviylik, yaratuvchanlik, modellashtirishga tayanishi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
globallashuv sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy inqirozlarni oldini olishga qaratilgan hamda milliy-tarixiy dunyoqarashni ijtimoiy-ma’naviy asoslarini rivojlantirishni yuzaga chiqaradigan ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashning ijtimoiy-siyosiy xulq-atvor, qadriyatlar, kvantifikatsiya, ma’rifiy kuzatuvlar kabi ijtimoiy paradigmalari falsafiy jihatdan asoslangan;
milliy-ma’naviy xavfsizlik strategiyasi ijtimoiy-sotsial o‘zgarishlar sistemalashuvi sharoitida hayot sur’atlarining tezlashuvi, globallashuvi va modernizatsiyasi uyg‘unligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarixiy bilimlarga, tarixiy faktlarga, jarayonlarning dinamik o‘zgarishiga, tafakkur texlogiyalarining moslashuvchan metodologiyasiga tayanishi dalillangan;
tarixiy ong va tarixiy bilimlarni zamonaviy ijtimoiy-falsafiy fanlar kategoriyasi sifatidagi o‘ziga xos, akseologik, unikal-funksional, innovatsion, inklyuziv xususiyatlari ochib berilib, uning mafkuraviy, tarixiy va biografik jihatdan o‘zgarib borishi tarixiy ob’ektiv va sub’ektiv omillar (milliy o‘zlik, ma’naviy xavfsizlik, madaniy inqiroz, g‘oyaviy kurash, axloq muvozanati)ga asoslanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning milliy-ma’naviy xavfsizlik strategiyasini ta’minlashda tarixiy ongning ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
milliy-ma’naviy xavfsizlik tizimi o‘zgarayotgan zamon va davr ruhi ta’sirida shakllanuvchi tarixiy ongni yaxlitligini ta’minlashning abadiylik, an’anaviylik va yaratuvchanlik kabi tarkibiy elementlari ochib berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan A-1-099-raqamli 2015-2017 yildagi «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzudagi loyiha doirasida 2017 yilda Farg‘ona nashriyoti tomonidan nashr etilgan «Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning «Ma’naviy yangilanishlar va ularning zamonaviy barkamol inson tarbiyasiga ta’siri» nomli 3-bobini tayyorlash va nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4201-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda milliy-ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash, yoshlarning milliy ma’naviyatni yuksaltirishda tarixiy ongning o‘rni hamda tarixiy xotirani mustahkamlashning ma’naviy-axloqiy tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy inqirozlarni oldini olish, tarixiy ongning ma’naviy-axloqiy darajalari aniqlanib milliy-ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish hamda amaliy faoliyatning izchil, sistemali va kompleksliligini ta’minlashda «Ibrat maktabi», «Xonadon fayzi», «Qarisi bor uyning parisi bor», «Donishmandlik fasli» kabi turkum targ‘ibot tadbirlarda, «Mahallada yoshlar bilan muloqot» mavzusida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2021 yil 6 yanvardagi 02-02/29-con ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlar hamda yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
milliy-ma’naviy xavfsizlik strategiyasi va tarixiy bilimlarni statik (tarixiy faktlar tuzilishi) va dinamik (sezgi va tasavvur elementlari bilan tushunish va tushuntirishning moslashuvchan metodologiyasi)ni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi: ittifoqning sardorlar kengashlari, ittifoqning oliy ta’lim muassasalari, vazirlik va idoralaridagi yoshlar yetakchilari uchun o‘quv seminarlarda, ma’ruzalarda, ilmiy va amaliy manba sifatida dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 23 noyabrdagi 04-13/27-82-son ma’lumotnomasi) Natijada, yoshlar tarbiyasidagi axloqiy-me’yor, axloqiy mezon madaniyati tarixiy ongni yuksaltirish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston sharoitida shakllangan turli xil ijtimoiy-falsafiy yondashuvlarni qiyosiy o‘rganish asosida tarixiy ong va tarixiy bilimlarni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berilib, tarixiy ongni mafkuraviy, tarixiy va biografik mazmunini o‘zgarishi va rivojlanishi qonuniyatlari ochib berishga doir xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar» beshinchi ustuvor yo‘nalashi 5.1. bandi «Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaror dasturining V bob «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga karatilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari» 22-bandi «Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, jamiyatdagi jipslik va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlari tajribasini o‘rganish va risola tayyorlash» mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot va ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 25 sentyabrdagi 02-07-822-son ma’lumotnomasi) Natijada, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini olib borish, aholining ijtimoiy-ma’naviy hayotida bunyodkorlik g‘oyalarini kuchaytirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mutahkamlashga xizmat qilgan.