Karimov Ulug‘bek Nusratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Grem Grin romanlarida zamon va qahramon konsepsiyasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil334.
Ilmiy rahbar: Xallieva Gulnoza Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Adilova Shaxnoza Raximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Grem Grin romanlari poetikasini zamon va qahramon konsepsiyasi asosida ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtobiografik janrga xos bo‘lgan ifoda individualligi, ijtimoiy-tarixiy sharoit, yozuvchining ijodiy niyati, badiiy asar g‘oyasining mantiqiyligi va adib fantaziyasining kengligi, umumlashtirish hamda tipiklashtirish kabi poetik mezonlar Grem Grin asarlari kontekstida individuallik va qiyosiy-tipologik umumlashmada izohlangan;
ilk bor o‘zbek adabiyotshunosligida Grem Grin ijodida zamon va makon masalasi, gumanizm, hayotiy haqiqatga sodiqlik, qahramonlar ichki olami, jamiyat bilan munosabatiga doir falsafiy mushohadalar, yozuvchi ijodiga xos bo‘lgan realizm va modernizmga oid xususiyatlar estetik tamoyillar doirasida dalillangan;
adibning syujet va kompozisiya yaratishidagi individuallik, ijodkor dunyoqarashi, ijodiy metodi, g‘oyaviy niyati, fantaziyasi, iste’dod salohiyati, tipiklashtirish manerasi, hayot materialini qalb prizmasidan o‘tkazish mahorati, estetik ideal va uni asar badiiy to‘qimasiga singdirish iqtidori poetik mezonlar asosida adabiy-estetik aspektda asoslangan;
voqealarni tasvirlash yo‘sini, qahramonlarni tavsiflash, konflikt va xarakter yaratish, peyzaj va portretning g‘arbona tasviri, qahramonlar ruhiyati tasviri kabi poetik unsurlarni qo‘llashdagi ijodkorning originalligi hamda uning boshqa yozuvchilardan farqini ko‘rsatuvchi omillar o‘zbek adabiyotshunosligida asliyatdan qilingan tarjimalar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Grem Grin romanlarida zamon va qahramon konsepsiyasi tadqiqi natijasi asosida:
o‘zbek adabiyotshunosligida Grem Grin romanlari zamon va qahramon konsepsiyasi ilk marotaba badiiy mahorat, obrazlar va badiiy psixologizm nuqtai nazaridan tekshirilganligi, ilk bor adib romanlari tadqiqotchi tomonidan asl (inglizcha) matn asosida tarjimalar doirasidagi muayyan ilmiy-nazariy xulosalarga oid materiallar va ilmiy natijalardan I-OT-2019-7 raqamli Umumiy o‘rta maktablar uchun mo‘ljallangan 3D-tizimli interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy (5-sinf “Adabiyot” fani uchun) nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 02-15-748-son ma’lumotnomasi). Natijada asar syujeti, kompozisiyasi, obrazlar poetikasi, uslubi singari nazariy masalalarni ochib berishga xizmat qilgan;
Grem Grinning badiiy mahorati va ijodi uslubi masalalariga doir ilk bor asliyatdan qilingan tarjimalar asosida ochib berilgan ilmiy natijalar hamda materiallardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan OT-F1-6 raqamli “Sankt-Peterburg qo‘lyozmalar instituti va TDShI huzuridagi Sharq qo‘lyozmalar markazida saqlanayotgan Xorazm adabiy manbalarining kompleks tadqiqi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 89-03-4853-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz kitobxonini XIX asr Xorazm adabiy muhitini o‘ziga xos xususiyatlari, Munis va Ogahiy shaxsiyati, ijodiy merosi bilan tanishtirish, har ikkala xalq adabiyotida o‘xshashliklar borligini aniqlash imkonini bergan;
Grem Grin asarlarida zamon va qahramon konsepsiyasi asosida tarix haqiqatini badiiyat hosilasiga aylantirish, yozuvchining obrazli tafakkuri asosida murakkab insoniy munosabatlar zamon va makon kesimida yoritib berilishiga doir dissertatsiya ilmiy-nazariy qarashlari xulosalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘’basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’ananalari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish”ga doir uslubiy ko‘rsatmalarni tayyorlashda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 01-12-14-3745-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon adabiyotining o‘zbek adabiyotshunosligida keng qamrovli o‘rganilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etilishiga erishilgan;
o‘zbek adabiyotida ilk bor Grem Grin asarlarida zamon va qahramon konsepsiyasining badiiy tahlili ilmiy-nazariy jihatdan asoslanganligi haqidagi ilmiy xulosalar jahon adabiyotining eng muhim xususiyatlari: tillar va madaniyatlarlararo to‘qnashuv, biografik metod tamoyillari badiiy-konseptual yaxlitlikda ilmiy-nazariy jihatdan umumlashtirilganligi sabab badiiy asar tarjimasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda keng qo‘llanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 19 avgustdagi 01-03-05/712-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon adabiyoti nodir asarlarining ilmiy tadqiqi bilan bog‘liq masalalar echimi doirasi kengaygan;
Grem Grin romanlari o‘zbek adabiyotshunosligi, zamon va qahramon konsepsiyasi badiiy mahorat, obrazlar va badiiy psixologizm nuqtai nazaridan tekshirilganligi, ilk bor asliyatdan qilingan tarjimalar amalga oshirilganligi, hamda mavzu doirasidagi muayyan ilmiy-nazariy xulosalarga oid materiallar O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan va Andijon davlat universitetida 2017-2021 yillarda bajarilishi mo‘ljallangan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2021 yil 15 apreldagi 38-04-920-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy shaxsning badiiy adabiyotdagi talqini yuzasidan mavjud ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatiga xizmat qilgan.