Abdullaev Akmal Nasriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda islomiy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati»: 09.00.04 – «Ijtimoiy falsafa» (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal209.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Norqo‘ziev Sodiqjon Xakimovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Maxamadixon Isroilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Artiqov To‘lanboy Artiqovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda islomiy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivoji, diniy qadriyatlarning transformatsiyasi sharoitida, dindorlikning xususiy (privat) holatda shaxs, uning ruhiyati va dunyoqarashida, ommaviy holatda jamiyat, ijtimoiy ong va ijtimoiy ruhiyatda namoyon bo‘lishi islomiy qadriyatlar va jamiyat uyg‘unligining ma’naviy-ruhiy tomondan pragmatik indikatori ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslangan;
diniy qadriyatlarning ijtimoiy o‘ziga xos institusional (kollegiallik, jamoatchilik nazorati, fuqarolik tashabbusi, ijtimoiy sheriklik, birdamlik) xususiyatlari, fukarolik jamiyatining rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlar ekanligi isbotlangan;
ma’rifatli fuqarolik jamiyatni barpo etishda diniy qadriyatlarning endotransformatsion (ichki o‘zgarishlar) va ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarishlar), sotsiokreativ (kumulyativ, aksiologik, akmeologik) qonuniyatlari jamiyat yaxlitligini mustahkamlash va inson erkinligining kafolati ekanligi ochib berilgan;
o‘zbek xalqi mentalitetining ruhiy-ma’naviy qadriyat, an’analarining aksiologik praktikasi konservativ va liberallik tamoyillarida «Davlat va din»ga bog‘liq shariat va bag‘rikenglik, «Davlat va fuqarolik pozisiyasi»ga bog‘liq tenglik va jamoaviylik, «Davlat va fuqarolik munosabatlarida islom dini»ga bog‘liq insonning oliy qadriyat ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda islomiy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekistonda islomiy qadriyatlarning fuqarolik jamiyatini rivojiga ta’siri hamda islomiy ta’lim va tarbiya jarayonining uzviyligini ta’minlash zaruratini belgilashga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qaror dasturining II bob «Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari» 7-bandi «Jamiyatda faol fuqarolik pozisiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash» hamda 2019-2020 yillardagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limining bir qator targ‘ibot dasturlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 23 avgustdagi 03/08-1006-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivoji, diniy qadriyatlarning transformatsiyasi sharoitida, dindorlikning xususiy (privat) holatda shaxs, uning ruhiyati va dunyoqarashida, ommaviy holatda jamiyat, ijtimoiy ong va ijtimoiy ruhiyatda namoyon bo‘lishi islomiy qadriyatlar va jamiyat uyg‘unligining ma’naviy-ruhiy tomondan pragmatik indikatori ekanligini ochib berishga xizmat qilgan;
ma’naviy-ma’rifiy va diniy-falsafiy yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar (qadriyat va qonun, e’tiqod va erkinlik) asosida islom dinining ijtimoiy kontratseptivini o‘rganish, uning fuqarolik, jamoat tashkilotlari va davlat xokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalariga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror dasturining «Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zoro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar» nomli VII bobi 31-bandi «Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2021 yil 15 sentyabrdagi 03 − 03/5593 − son ma’lumotnomasi) Natijada, diniy qadriyatlarning ijtimoiy o‘ziga xos institusional (kollegiallik, jamoatchilik nazorati, fuqarolik tashabbusi, ijtimoiy sheriklik, birdamlik) xususiyatlari, fukarolik fuqarolik jamiyati rivojiga, jamoatchilik nazoratining kuchayishiga, fuqarolarni ijtimoiy-madaniy faollashuviga samarali ta’sir ko‘rsatish hamda jamoat tashkilotlari va davlat xokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
diniy qadriyatlarning mamlakat hayotida mustahkamlanib borishi fuqarolik jamiyati rivojiga, jamoatchilik nazoratining kuchayishiga doir xulosa va takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan bir qator targ‘ibot dasturlarini amalga oshirishda foydalanilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limining 2020 yil 13 fevraldagi «Fuqarolik jamiyatining siyosiy, huquqiy va diniy institutlari» mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot dasturi ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 23 avgustdagi 03/08-1006-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolarning ijtimoiy-madaniy faollashuviga samarali ta’sir ko‘rsatishining kumulyativ, aksiologik, akmeologik, intellektual tashabbus, sotsiokreativ qonuniyat, endotransformatsion (ichki o‘zgarish va yangilanishlar) va ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish va yangilanishlar) o‘zgarishlarga xizmat qilgan;
xalqimizning milliy qadriyatlari, an’analari va mentalitetining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning «davlat va din», «davlat va fuqarolik pozisiyasi», «davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorligi»ga doir xulosalaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlardagi saylovoldi dasturining «Tarixan shakllangan madaniy qadriyatlar va an’analarning asl mazmuni hamda ahamiyatiga doir targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish» bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2021 yil 18 maydagi 1-220-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning «davlat va din», «davlat va fuqarolik pozisiyasi», «davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorligi» ga doir targ‘ibot ishlari samaradorligini amalga oshirishga xizmat qilgan.