Matniyazov Xasan Kamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uzluksiz pedagogik amaliyotining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1760.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tilemuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Baxramjon Abdusalomovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uzluksiz pedagogik amaliyotining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya yo‘nalishi talabalarining uzluksiz pedagogik amaliyotdagi faoliyatini baholash mezonlari pedagogik jarayonning tashkiliy-pedagogik komponentlarini (moslashuvchan jadval, qayta aloqaga asoslangan tahlil) talabalarning kasbiy o‘sish traektoriyasiga vertikal (ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar topshiriqlari shaklida), gorizontal (talabalarning mustaqil loyiha ishlari shaklida) monitoringli optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislari pedagogik amaliyoti mazmunini kurslar kesimida optimallashtirish shart-sharoitlari ta’lim muassasalari va oliy ta’limning maqsadli va ehtiyojga yo‘nalgan hamkorlik shakllari va SMART mezonlar (aniqlik, o‘lchamlilik, erishimlilik, resurs bilan ta’minlanganlik, reglament)i asosida maqsad belgilash va natijaga mo‘ljal olish tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislarining uzluksiz pedagogik amaliyot davrida kasbiy bilim hamda amaliy malakalar tizimini takomillashtirish texnologiyalari talabalarda sifatli pozitiv o‘zgarishni intensiv ta’minlaydigan muammoli, videotahlil interfaol usullari va ijtimoiy pedagogik munosabatlar ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi adaptiv kompleks mashqlar tizimini ta’lim oluvchilarning fiziologik o‘sish parametrlari darajalariga integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya yo‘nalishida pedagogik amaliyotni tashkil etish modeli uch bosqich (2, 3 , 4-kurslar)li kasbiy amaliyot jarayonida talabalarning mustaqil faoliyatini uzviylik, vaziyatboplik, moslilik kabi tamoyillarga asoslangan “Ustoz shogird” tizimi mazmuniga optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uzluksiz pedagogik amaliyotining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashda uzluksiz pedagogik amaliyotni tashkil etishning nazariy asoslari hamda talabalarning pedagogik amaliyotdagi faoliyatini baholash mezonlarini takomillashtirishga oid takliflari asosida “Jimoniy tarbiya va sport” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son guvohnoma). Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashda uzluksiz pedagogik amaliyotning didaktik ta’minotiga erishilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislari pedagogik amaliyoti mazmunini kurslar kesimida optimallashtirish shart-sharoitlarini ta’lim muassasalari va oliy ta’lim hamkorligida takomillashtirish takliflari asosida “Jismoniy madaniyat” sohasi malaka talablari, o‘quv reja, fan dasturlari ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 89-03-1051-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarining malakaviy hamda pedagogik amaliyot o‘tash jarayoni ijtimoiy buyurtma asosida tashkil etishga sharoit yaratilgan;
jismoniy tarbiya yo‘nalishida pedagogik amaliyotni tashkil etish modelini uch bosqichli kasbiy o‘sish jarayoni tamoyillari va talabalarning mustaqil faoliyati mazmunini optimallashtirishga doir metodik tavsiyalaridan YoA-1-6 ”Jismoniy madaniyatni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli yosh tadqiqotchilar ilmiy loyihasi mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabr` 676-191–son guvohnoma). Natijada Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarining uzluksiz pedagogik amaliyotini tashkil etish samaradorlik darajasi ortishiga erishilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislarining uzluksiz pedagogik amaliyotini shakllantirishga doir nazariy bilim hamda amaliy malakalar tizimini takomillashtirishga oid dastur va tavsiyalar oliy ta’limda jismoniy tarbiya modullarinit o‘qitish jarayoniga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 89-03-1051-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy ta’lim yo‘nalishi talabalarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlar jarayonidagi faoliyatini samarali hamda amaliyot bilan bog‘liq ravishda tashkil etishga erishilgan.