Dulanboeva Oygul Asilbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ijodkor yoshlar sotsial qiyofasining dinamikasi»: 22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/S42.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Kalanov Komil Qulaxmatovich, sotsiologiya fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Kaxxorov Abdulaxad Ganievich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Seitov Azamat Pulatovich, sotsiologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ijodkor yoshlar sotsial qiyofasini tadqiq etishga oid metodologik yondashuvlarni umumlashtirgan holda, uning dinamikasini empirik tahlil etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh ijodkorlar sotsial qiyofasini yaratishda mualliflik strategiyasining bosma nashrlarni media loyihaga aylantirish, shoirning maishiy hayoti va ijodiy elementlarini sinkritlovchi media obrazini yaratish, badiiy ijodni boshqa san’at turlari elementlarini integratsiyalovchi media mahsulotga aylantirish, ular ijodini ommalashtirishning samarador mexanizmi ekanligi asoslangan;
yosh ijodkorlar sotsial qiyofasi dinamikasining ijtimoiy funksiyalaridan ko‘ngil ochish vositasi sifatidagi dizfunksional holat, kommunikativ vosita sifatidagi dizfunksional holat, bilish vositasi sifatidagi dizfunksional holatlar adabiyotning bugungi kundagi axamiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi asoslangan;
yosh ijodkorlar sotsial qiyofasi dinamikasining asosiy yo‘nalishlaridan estetik qadriyatlarga urg‘u beruvchi adabiyot uchun ijod qiladigan shoirlar, utelitar qadriyatlarga urg‘u beruvchi qo‘shiqchi shoirlar, mafkuraviy targ‘ibotga urg‘u beruvchi targ‘ibotchi shoirlar ekspert-so‘rov usuli asosida ochib berilgan;
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasini kontent-tahlili asosida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi orqali ijodiy motivatsion omillari bo‘lgan ijod mahsullarini ommalashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirishning pozitiv imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda ijodkor yoshlar sotsial qiyofasining dinamikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yosh ijodkorlar sotsial qiyofasini yaratishda mualliflik strategiyasining bosma nashrlarni media loyihaga aylantirish, shoirning maishiy hayoti va ijodiy elementlarini sinkritlovchi media obrazini yaratish, badiiy ijodni boshqa san’at turlari elementlarini integratsiyalovchi media mahsulotga aylantirish, ular ijodini ommalashtirishning samarador mexanizmi ekanligi asoslanganligiga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining “Onajonim she’riyat” to‘garagi faoliyati rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 0103/1103-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ish rejaning samaradorlik darajasi oshib, u amaliyotda yosh shoirlar ijod mahsullarining virtual makonda ommalashishi hamda aholi yosh qatlamining badiiy adabiyot va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarining yuksalishiga xizmat qilgan;
yosh ijodkorlar sotsial qiyofasi dinamikasining ijtimoiy funksiyalaridan ko‘ngil ochish vositasi sifatidagi dizfunksional holat, kommunikativ vosita sifatidagi dizfunksional holat, bilish vositasi sifatidagi dizfunksional holatlar adabiyotning bugungi kundagi axamiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi asoslanganligiga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va tariqqiyot”, “Bedorlik” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda (2020-2021 yil davomida) foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 04-25-14-96-son ma’lumotnomasi). Natijada radio tinglovchilar kengayayotgan global virtual makonda bugungi davrda adabiyot va kitobxonlikning zaruratini ko‘rsatish borasidagi ma’lumotlarga ega bo‘lib, mazkur eshittirish uni targ‘ib qilishning yangicha mexanizmlari mavjud ekanligini ochib berishga xizmat qilgan;
yosh ijodkorlar sotsial qiyofasi dinamikasining asosiy yo‘nalishlaridan estetik qadriyatlarga urg‘u beruvchi adabiyot uchun ijod qiladigan shoirlar, utelitar qadriyatlarga urg‘u beruvchi qo‘shiqchi shoirlar, mafkuraviy targ‘ibotga urg‘u beruvchi targ‘ibotchi shoirlar ekspert-so‘rov usuli asosida ochib berilganligiga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 1 yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejasining 3-bandi (Yoshlarni ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari uchun tuman (shaharlar)dagi “Yoshlar markazlari”da “Yosh ijodkorlar klubi" faoliyatini yo‘lga qo‘yish) va 32-bandi (“Yoshlar ovozi” ko‘rik tanlovi hududiy bosqichlarini tashkil etish hamda quvnoqlar va zukkolar jamoalari ishtirokida konsert tashkil etish va o‘tkazish)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2021 yil 4 oktyabrdagi 04-13/1449-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda hududiy va mahalliy kengashlari tomonidan o‘tkazilgan yoshlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarni tashkil etish metodologiyasini takomillashishiga xizmat qilgan;
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasini kontent-tahlili asosida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi orqali ijodiy motivatsion omillari bo‘lgan ijod mahsullarini ommalashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirishning pozitiv imkoniyatlari asoslanganligiga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son “O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni hamda 2020 yil 30 iyundagi PQ-4769-son “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaroriga muvofiq 2021 yil 1-30 iyun` kunlari Respublikamizning barcha hududlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan “Yoshlar festivali” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Buzatov tumanida o‘tkazilgan “Respublika yoshlar ovozi” ko‘rik tanlovining dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 4 oktyabrdagi 2-13-23-2423-son ma’lumotnomasi). Natijada tashviqot tadbirlari samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.