Shadmanov Istam Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘ovak jismlarda issiqlik-namlik ko‘chish masalalarini echish uchun model`, hisoblash algoritmlari va dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqish», 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1118.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Xujaev Ismatullo Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadieva Dildora Kabilovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘ovak jismlarni (paxta xomashyosi misolida) saqlashda o‘zaro bog‘liq issiqlik va namlik ko‘chishi jarayonlarini hisoblash uchun matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy vositalarni ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘ovak jismlarni saqlash va quritishda tabiiy omillar ta’sirida issiqlik va namlik ko‘chishi o‘zaro bog‘liq jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosi g‘aramining harorat va namlik holatini ichki issiqlik va namlik ajralib chiqishi, harorat o‘zgarishi, tashqi muhit namligi va quyosh radiatsiyasini hisobga olgan holda bashoratlash uchun ko‘p o‘lchovli matematik model` ishlab chiqilgan;
ichki issiqlik va namlik ajralib chiqishi, tashqi muhit bilan issiqlik-namlik almashinuvi va quyosh radiatsiyasi ta’sirini hisobga olgan holda bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak jismlarni saqlash va quritishda birgalida issiqlik va namlik ko‘chishi jarayonlarining ko‘p o‘lchovli matematik modeli ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosini saqlash va quritishda o‘zaro bog‘liq issiqlik va namlik ko‘chishi masalalarini echish uchun chekli-ayirmali usul asosida samarali sonli algoritmlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturlar majmualarini g‘ovak jismlarda issiqlik va namlik ko‘chishi jarayonlarini o‘rganish uchun qo‘llash asosida:
paxta xomashyosining fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda issiqlik va namlik o‘tkazish hisob-kitoblarini avtomatlashtirish bo‘yicha matematik va dasturiy ta’minot “Kogon paxta tozalash” AJ da joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 3 noyabrdagi 33-8/7766 ma’lumotnomasi). Natijada paxta g‘aramlarining harorati va namligini bashoratlash aniqligini 8-10% oshirishga, ularni saqlash rejimlarini optimallashtirish va paxta xomashyosi g‘aramlarining o‘z-o‘zidan yonib ketishini oldini olish hisobiga yo‘qotishlarni kamaytirishga erishilgan;
paxta xomashyosi g‘aramlarida issiqlik va namlik holatini bashoratlash uchun mo‘ljallangan matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalar «G‘ijduvon paxta tozalash» AJ ob’ektlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 3 noyabrdagi 33-8/7766 ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosini saqlash jarayonida harorat va namlik holatining mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini baholashga, shuningdek, saqlashning optimal rejimlarini tanlash bilan bog‘liq moliyaviy va mehnat xarajatlarini 5-7% ga kamaytirishga erishilgan;
paxta xomashyosining harorat va namlik o‘zgarishini monitoring va bashoratlash uchun ishlab chiqilgan matematik va dasturiy ta’minot “Peshku paxta tozalash” MChJ da joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 3 noyabrdagi 33-8/7766 ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosi g‘aramlarining chirishi va o‘z-o‘zidan yonishi oqibatlarini bashorat qilishning aniqligini 8-10% ga oshirishga, shuningdek, saqlash va quritish bilan bog‘liq moliyaviy va mehnat xarajatlarini 5-7% ga kamaytirishga erishilgan.