Shukuraliev Abrorbek Shukurali o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tuksizlangan urug‘li chigit uchun unifikatsiyalangan ishchi organli dielektrik saralash qurilmasini ishlab chiqish”, 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2516
Ilmiy rahbar: Mamadjanov Baxodir Djuraxanovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Muzafarov Shavkat Mansurovich, texnika fanlari doktori, professor; texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tuksizlangan chigitni saralash sifatini oshiruvchi unifikatsiyalangan ishchi organli dielektrik kalibrlash-saralash mashinasini ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuksizlangan urug‘li chigitni o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi elektrodlar tizimiga ega bo‘lgan unifikatsiyalangan ishchi organli dielektrik saralash qurilmasi ishlab chiqilgan;
silindrsimon qutblari o‘zgaruvchan o‘tkazgichlar sistemasidagi elektr maydon kuchlanganligi hamda ponderomotor kuchning o‘zgarish qonuniyati, urug‘lik chigitning elektrodlar sirtida diagonal joylashishini hisobga olgan holda aniqlangan;
elektrodlarga beriladigan kuchlanish va saralovchi ishchi organning aylanish tezligi elektrodlardagi ruxsat etilgan ishchi kuchlanishni hisobga olgan holda asoslangan;
dielektrik saralash qurilmasining ish unumdorligi va chigitni saralovchi ishchi organdan uzilish burchagi, saralagich barabanning radiusi va burchak tezligi hamda urug‘larning elektrodlardagi ishqalanishini hisobga olgan holda aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuksizlangan urug‘lik chigit uchun unifikatsiyalangan ishchi organli dielektrik saralash qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dielektrik kalibrlash-saralash qurilmasiga intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 03/12-252-son ma’lumotnomasi).Natijada, tuksizlangan urug‘lik chigit uchun unifikatsiyalangan ishchi organli dielektrik saralash qurilmasining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
unifikatsiyalangan ishchi organli dielektrik saralash qurilmasi Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi “Vodiy oqshomi” fermer xo‘jaligida joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 03/12-252-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuksizlangan urug‘lik chigit sarfini 35-50% ga, yaganalash uchun mehnat sarfini 70-85% ga kamayishi va hosildorlikni 3 s/ga oshirish imkonini bergan;
o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi elektrodlar tizimini unifikatsiyalangan ishchi organda joriy etuvchi va saralash sifatini oshiruvchi dielektrik kalibrlash-saralash mashinasi Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi «So‘fiqishloq paxta tozalash» AJ da joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 03/12-252-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir dona mashinani qo‘llash natijasida 3,926 mln. so‘m o‘rtacha yillik iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan.