Hasanov Ulug‘ Ibrohimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqchuqurlatkichli plugning ish jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash“, 05.07.01 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2206.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; G‘aybullaev Burxonjon Shermatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnologik jarayoni takomillashtirilgan tuproqchuqurlatkichli plug konstruksiyasini ishlab chiqish va uning kam energiya sarflab talab darajasidagi ish sifatini ta’minlaydigan parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘ildirak izi va plug tovonini yumshatuvchi iskanasimon tuproqchuqurlatkichlar bilan jihozlangan plugning konstruktiv sxemasi talab darajasidagi ish sifati kam energiya sarflangan holda ta’minlanishi hisobga olinib ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
takomillashtirilgan tuproqchuqurlatkichli plugning parametrlari tuproq xossalari, uning uvalanish darajasi belgilangan me’yordan kam bo‘lmasligi hamda plug va ish organlarining tortishga qarshiligi minimal bo‘lishini hisobga olgan holda aniqlangan;
iskanasimon tuproqchuqurlatkichning tig‘idan osish qurilmasining pastki taqish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofa uning ishlov berish chuqurligi bo‘yicha barqaror harakatlanishi ta’minlanishi hisobga olingan holda asoslangan;
takomillashtirilgan tuproqchuqurlatkichli plugning maqbul parametrlari uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ularning ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takomillashtirilgan tuproqchuqurlatkichli plug parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan tuproqchuqurlatkichli plugning texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Chuqurlatgichi takomillashtirilgan ikki yarusli plug”, FAP 01595 - 2021 y). Natijada, shudgorlash bilan birga haydov osti qatlamining yumshatishda ish sifati va unumini oshirish hamda energiya-materialhajmdorlikni kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan takomillashtirilgan tuproqchuqurlatkichli plugning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan takomillashtirilgan tuproqchuqurlatkichli plugning tajriba nusxasi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining tajriba uchastkasida hamda Buxoro viloyatining Vobkent, Jondor, Kogon tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 dekabrdagi №02/023-4904-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mehnat sarfi 7,69 foizga, ekspluatatsion xarajatlar11,81 foizga hamda har bir gektar er hisobiga 14,3% yonilg‘i tejalgan;
Takomillashtirilgan tuproqchuqurlatkichli plugni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari “VMKV-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 dekabrdagi №02/023-4904-sonli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan tuproqchuqurlatkichli plugni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.