Rashidov Nurbek Shermamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nami): “Nishablik dalalarga ishlov beruvchi chiziqli-pog‘onasimon plugning kesik diski parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1995.
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ergashev Ma’rufjon Muxammadjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nishabli dalalarni shudgorlashda suv eroziyasini oldini olish, energiyatejamkorlik va ish sifatini oshishini ta’minlaydigan chiziqli-pog‘onasimon plug kesik diskining konstruksiyasi va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nishabli dalalarda bir yo‘la palaxsani o‘z egati chegarasida ag‘darish bilan birga shudgor yuzasida suv eroziyasiga qarshi o‘rkachlar va uzlukli ariqlar hosil qilish texnologiyasi yaratilgan;
palaxsani o‘z egati chegarasida ag‘daradigan korpuslar va suv eroziyasiga qarshi o‘rkachlar va uzlukli ariqlar hosil qiladigan sferik kesik disklardan tashkil topgan chiziqli-pog‘onasimon plugning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
sferik kesik diskning kesik qismining parametrlari belgilangan me’yordagi o‘rkachlar hamda uzlukli ariqlar hosil qilish shartidan kelib chiqqan holda aniqlangan;
kesik sferik diskning diametri va uning harakat yo‘nalishiga nisbatan o‘rnatilish burchagi o‘rkachlarning balandligi belgilangan me’yordan kam bo‘lmasligini hisobga olgan holda aniqlangan;
plug korpuslari va o‘rkachlar hosil qiladigan sferik kesik disklar orasidagi ko‘ndalang va bo‘ylama masofalar ularni tuproq bilan ta’sirlashish zonalari va palaxsalarni to‘liq ag‘darilishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Nishabli dalalarga ishlov beruvchi chiziqli-pog‘onasimon plugning kesik diski parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
nishabliklar tuprog‘iga ishlov beradigan plugga Rossiya Federatsiyasi intellektual mulk bo‘yicha Federal xizmatining foydali modelga patenti olingan (“Nishabliklar tuprog‘iga ishlov beradigan plug”, RU № 190938-2019 y.). Natijada nishabliklarni shudgorlash bilan birga suv eroziyasiga qarshi o‘rkachlar va uzlukli ariqlar hosil qiladigan plugning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
nishabli dalalarni egatsiz tekis shudgorlash bilan birga suv eroziyasiga qarshi o‘rkachlar va uzlukli ariqlar hosil qilish uchun ishlab chiqilgan chiziqli-pog‘onasimon plug Qashqadaryo viloyatining Qamashi va Chiroqchi tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5075-son ma’lumotnomasi). Natijada nishabliklarda asosiy ishlov berishda yonilg‘i-moylash materiallari sarfi 18,7 foizga va foydalanish xarajatlari 19,7 foizga kamayishiga erishilgan;
nishabliklarni egatsiz tekis shudgorlaydigan sferik kesik diskli chiziqli-pog‘onasimon plugni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq, texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil15 dekabrdagi 02/023-5075-son ma’lumotnomasi). Natijada nishabli dalalarni egatsiz tekis shudgorlash bilan birga suv eroziyasiga qarshi o‘rkachlar va uzlukli ariqlar hosil qiladigan chiziqli-pog‘onasimon plugni sanoat usulida ishlab chiqarishning texnik imkoniyati yaratilgan.