Mo‘ydinov Azizbek Shuxratovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jalik texnikalarining valsimon detallarini qayta tiklash texnologiyasini takomillashtirish», 05.07.02 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash» (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T613
Ilmiy rahbar: Qosimov Karimjon, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi:  Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Rustamov Raxmatali Murodovich, texnika fanlari doktori,  dotsent; Mirzaev Ilxomjon G‘ofurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jalik texnikalarining valsimon detallarini qayta tiklash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ishqalanish juftidagi payvandlab qoplangan valsimon detallarni eyilishga sinaydigan qurilmaning konstruksiyasi yaratilgan;
valsimon detalning eyilish tezligi ishqalanish yuzasiga beriladigan bosim va ishqalanish tezligi bilan ortib boruvchi, detal materialining qattiqligi va tarkibidagi qattiq qotishma miqdori bilan kamayib boruvchi bog‘lanish bo‘yicha o‘zgarishi aniqlangan;
valsimon detallarning resursini unga payvandlab qoplangan kompozision materialning qattiqligi, qattiq qotishmalar miqdori va eyilishga chidamliligiga nisbatan empirik bog‘lanishi aniqlangan;
valsimon detallarning ishchi yuzasiga payvandlab qoplash uchun uning resursini yangisiga nisbatan 2,4-3,0 marta yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan payvandlab qoplash materialining tarkibi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Valsimon detallarning ishchi yuzalariga kukunsimon kompozision materiallarni payvandlab qoplab resursini oshirish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
payvandlab qoplangan valsimon detallarni moy muxitida abraziv eyilishga sinash qurilmasining konstruksiyasiga intellektual mulk agentligining patenti olingan («Aylanuvchi detallarni moy muhitida sinash qurilmasi». FAP 01642-2021 y.). Natijada ishqalanish juftidagi payvandlab qoplangan valsimon detallarni laboratoriya sharoitida eyilishga sinash va sinov vaqtini kamaytirish imkonini bergan;
kukunsimon kompozision materiallarni ishqalanish juftining valsimon detallarini ishchi yuzalariga payvandlab qoplashning takomillashtirilgan texnologiyasi Andijon viloyatining “Paxtaobod Agroservis MTP”, “Marhamat Agroservis MTP”, “Izboskan mashina traktor parki” va “Andijon Agroservis va Integrallashgan servis markaz” MChJlari tomonidan ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1-dekabrdagi 02/023-4901-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlashda, ularning ishqalanish juftidagi eyilgan valsimon detallarini tiklash va resursini oshirish imkoniyati yaratilgan;
valsimon detallarni payvandlab qoplashning takomillashgan texnologiyasi Andijon viloyatidagi “Paxtaobod Agroservis MTP”, “Marhamat Agroservis MTP”, “Izboskan mashina traktor parki” va “Andijon Agroservis va Integrallashgan servis markaz” MChJlari tomonidan ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1-dekabrdagi 02/023-4901-son ma’lumotnomasi). Natijada payvandlab qoplab tiklangan valsimon detallarning resursini yangi detalga nisbatan 2,4-3,0 martaga ortishiga hamda qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlashda ehtiyot qismlar sarfini 10-12% ga qisqarishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish