Karimova Dilfuzaxon Ikromovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ramaga sharnirli bog‘langan ishchi organlarning ishlash chuqurligi barqarorligini oshirishning ilmiy-texnik echimlari», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2316
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Boyboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Ermatov Qobiljon Mo‘minovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:“Namangan muxandislik texnologiyalar instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuproqqa ishlov berish mashinalarining rama bilan sharnirli bog‘langan ishchi organlarning ishlov berish chuqurligi bo‘yicha barqaror harakatini ta’minlash va unga tuproqni fizik-mexanik xossalari hamda agregat harakat tezligini ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish yo‘li bilan erlarga va ekinlar qator oralari tuprog‘iga ishlov berish sifatini oshirish, mashinalarning material-energiyahajmdorligini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproqqa ishlov berish mashinalari ishchi organlarini rama bilan sharnirli bog‘laydigan osish mexanizmlarining klassifikatsiyasi ularning turi, ularga o‘rnatilgan ishchi organlarning soni, ular tayanch qurilma va bosim prujinasiga ega ekanligi yoki ega emasligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
ramaga sharnirli biriktirilgan ishchi organlarning ishlov berish chuqurligi barqarorligini ifodalovchi matematik modellar va analitik bog‘lanishlar tuproqning bikirligi va qovushoqligini hamda agregat harakat tezligini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan;
ramaga sharnirli biriktirilgan ishchi organlarning ishlov berish chuqurligi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-texnik echimlar ushbu ko‘rsatkichlarga tuproqning fizik-mexanik xossalari (namligi, zichligi va qattiqligi) hamda agregat harakat tezligining o‘zgarishlari ta’sir ko‘rsatmasligi sharti hisobga olinib ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan ilmiy-texnik echimlar parametrlarining maqbul qiymatlari ish organlarining belgilangan ishlov berish chuqurligiga botib ishlashi va shu chuqurlikda barqaror yurishini ifodalovchi tajribaviy bog‘lanishlar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ramaga sharnirli bog‘langan ishchi organlarning ishlash chuqurligi barqarorligini oshirishning ilmiy-texnik echimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishchi organlarning seksiyalari takomillashtirilgan tajribaviy kultivator Andijon viloyati Baliqchi va Izboskan tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 02/023-3911-son ma’lumotnomasi). Natijada qator oralariga ishlov berish sifati oshgan va har bir gektar ishlov berilgan maydon hisobiga ish unumi 11,73 foizga ortgan va mehnat sarfi 10,34 foizga kamaygan;
tishli yumshatkichlari takomillashtirilgan pushtalarga ishlov beradigan qurilmaning tajriba nusxasi Andijon viloyati Baliqchi, Andijon va Izboskan tuman fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 02/023-3911-son ma’lumotnomasi). Natijada pushtalarga ekish oldidan ishlov berishda qo‘llanganda qurilmaning ish ko‘rsatkichlari agrotexnika talablariga to‘liq javob bergan;
ishlab chiqilgan ish organlarining seksiyalari takomillashtirilgan tajribaviy kultivator va tishli yumshatkichlari takomillashtirilgan pushtalarga ishlov beradigan qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish hamda tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 02/023-3911-son ma’lumotnomasi). Natijada ish organlarining seksiyalari takomillashtirilgan tajribaviy kultivator va tishli yumshatkichlari takomillashtirilgan pushtalarga ishlov beradigan qurilma ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.