O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi 2021 yilning 30 dekabr` kuni bo‘lib o‘tadi. Majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
1. Attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish
2. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish va yangi kengashlar tuzish haqida
3. Bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish
4. Malakaviy imtihonlar dasturlarini tasdiqlash haqida
5. Fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajalarini olish uchun o‘tkaziladigan dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilish haqida
6. Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qarorlarini bekor qilish haqida
7. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
8. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
9. Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
10. Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
11. Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
12. OAKda yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash haqida
13. OAKning 2021 yilning ikkinchi yarim yilligi chora-tadbirlar rejalarining ijrosi hamda OAKning 2022 yilning birinchi yarim yilligi chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlash haqida
14. Turli masalalar

Yangiliklarga obuna bo‘lish