O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi 2021 yilning 30 noyabr` kuni bo‘lib o‘tadi. Majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
1. Attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish
2. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish va yangi kengashlar tuzish haqida
3. Bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish
4. Malakaviy imtihonlar dasturlarini tasdiqlash haqida
5. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
6. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
7. Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
8. Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
9. Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
10. Dissertatsiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar chop etilishi lozim bo‘lgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish haqida
11. OAKda yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash haqida
12. Turli masalalar