Sayt test rejimida ishlamoqda

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi 2021 yilning 30 iyun` kuni bo‘lib o‘tadi. Majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
     1. Attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish
     2. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish va yangi kengashlar tuzish haqida
     3. Bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish
     4. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish hamda ixtisosliklar pasportlarini tasdiqlash haqida
     5. Fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajalarini olish uchun o‘tkaziladigan dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilish haqida
     6. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
     7. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
     8. Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
     9. OAKda yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash haqida
     10. OAKning 2021 yilning birinchi yarim yilligi chora-tadbirlar rejasi ijrosi hamda 2021 yil ikkinchi yarim yillik ish rejasini tasdiqlash haqida
     11.Turli masalalar 

Yangiliklarga obuna bo‘lish